O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Dorixonalarda baʼzi dori vositalarining sunʼiy ravishda oshirilgan narxlarda sotilishi to‘g‘risida isteʼmolchilarning shikoyatlari bilan bog‘liq ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi

Ijtimoiy tarmoqlarda dorixonalarda baʼzi dori-darmonlarning sunʼiy ravishda oshirilgan narxlarda sotilishi to‘g‘risida isteʼmolchilarning shikoyatlari bilan bog‘liq bir qator vidoroliklar keng tarqaldi.

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat organi sifatida ijtimoiy tarmoqlarda yolg‘on va soxta maʼlumotlar tarqalishini oldini olish maqsadida o‘tkazilgan bir qator o‘rganishlar natijasida mazkur video haqiqatga mos kelmasligi aniqlandi.

1.VIDEO (“Insoflaringni ham qo‘shib sotyapsanlarmi?..” “Odamlar o‘lib ketsinmi? Puli yo‘q bo‘lsa nima qiladi?.. (Farg‘onada fuqaro dorining qimmatligidan shikoyat qilib Aptekada janjal ko‘tardi)

Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligining Farg‘ona viloyati hududiy tuzilmasi xodimlari tomonidan ushbu masala o‘rganilganda, «Malxam XD» dorixonasida (Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 56-uy, 17-xonadonda joylashgan) «FARMA CHOYS» XKdan ulgurji 177 171 so‘m narxda sotib olingan Enterosgel dori vositasi ruxsat etilgan 20 foiz ustama doirasida, yaʼni 12,6 foiz ustama narx o‘rnatilgan holda sotilayotganligi aniqlandi.

Bu holatda preparatning narxi sunʼiy ravishda ko‘tarilganini tasdiqlovchi faktlar aniqlanmagan.

Shunday qilib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 31 oktyabrdagi PQ-2647-sonli qaroriga muvofiq chetdan olib kelinadigan, shuningdek, mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilaridan sotib olinadigan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini ulgurji va chakana sotish ularni yetkazib berishda ishtirok etuvchi vositachilar sonidan qatʼi nazar, ulgurji savdo uchun sotib olingan qiymatidan 15 foizdan, chakana savdo uchun ulgurji narxidan 20 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorlarda belgilanadigan cheklangan savdo ustamalari qo‘llanilgan holda amalga oshiriladi.
Shu bilan birga, ishlab chiqarilgan davlat va ishlab chiqaruvchiga qarab, bir xil turdagi tibbiyot mahsulotlarining narxi farqlanishi mumkin.

Shuni taʼkidlash lozimki, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan maʼlumotlarni tarqatilishi COVID-19 pandemiyasi davrida jamoatchilikning salbiy tushunchasini shakllanishiga sabab bo‘lmoqda.

Agentlik tomonidan dori vositalari, shu jumladan viruslarga qarshi, immunitetni oshirish va boshqa davolash vositalari narxini asossiz oshib ketishini oldini olish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, dori vositalari, shu jumladan viruslarga qarshi, immunitetni oshirish va boshqa davolash vositalari narxini oshib ketishini oldini olish maqsadida,

-respublika hududlaridagi 7 mingdan ortiq dorixonalarda tushuntirish-profilaktika ishlari amalga oshirildi, ularda belgilangan savdo ustamalariga qatʼiy rioya qilish, dori vositalariga bo‘lgan sunʼiy tanqislik va ajiotaj talabni vujudga keltirmaslik, litsenziya talablariga amal qilmaslikning huquqiy oqibatlari to‘g‘risida tegishli tushuntirish va rasmiy ogohlantirish xatlari berildi.

-Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali 114 ta materiallar joylashtirildi, aholi talabi yuqori bo‘lgan dori vositalarini dorixonalarda mavjudligi va ularning chakana narxlari yuzasidan 3 mingta dorixonalarda monitoring kuzatuvlari o‘tkazildi.

-Agentlik tomonidan isteʼmolchilardan dori vositalari narxi yuzasidan kelib tushgan 200 ta murojaat ko‘rib chiqildi, ijtimoiy tarmoqlarda dori vositalari va biologik faol qo‘shimchalar reklamasidagi 86 ta kamchilik bartaraf etildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy bo‘linmalari tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar va fuqaro murojaatlari asosida 140 ta dorixonada tekshirish va o‘rganishlar o‘tkazilgan. Shundan, 30 tasida belgilangan ustamalarni 20 foiz o‘rniga 93 foizgacha qo‘llanilganligi17 ta holatda yaroqlilik muddati o‘tgan, ro‘yxatdan o‘tmagan va kirim hujjati mavjud bo‘lmagan dori vositalarini realizatsiya qilish, 18 ta holatda litsenziyasiz faoliyat va boshqa kamchiliklar aniqlangan.

Qonunbuzarlik holatlari aniqlangan jami 28 ta dorixonaga ish qo‘zg‘atilib, ortiqcha olingan 2,8 mln so‘m mablag‘ isteʼmolchilarga qaytarilgan va litsenziya shartlarini qo‘pol ravishda buzganligi holati bo‘yicha hujjatlar litsenziyalovchi organga yuborilgan.
Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi isteʼmolchilarning savodxonligini va aholining xabardorligini oshirish maqsadida muntazam ravishda dori-darmonlarning maksimal chakana narxlarini hisoblab chiqadi va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilib boradi. Shuningdek, ulgurji omborlarda dori vositalarining mavjudligi va balanslari hamda ularni kelgusida yetkazib berish prognozlari, shuningdek, dori vositalari bilan taʼminlash darajasini(yetkazib berish hajmining o‘sishini) oshirish maqsadida o‘ranilmoqda.

Hurmatli isteʼmolchilar, huquq va manfaatlaringiz buzilgan taqdirda Agentlikning 1159 hamda consumer.uz.saytiga murojaatingizni qoldirishingiz mumkin.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech