O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

"O‘zbekistonda dorivor va ziravor o‘simliklar muhofazasi” mavzusida konferensiya o‘tkaziladi

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 9 sentyabrdagi 03/1-928-sonli topshirig‘iga asosan, Qishloq xo‘jaligi vazirligida tegishli vazirlik, qo‘mita va tashkilotlar bilan hamkorlikda joriy yilning 17 noyabrida “O‘zbekistonda dorivor va ziravor o‘simliklar muhofazasi, yetishtirish, qayta ishlash va sohaning eksport salohiyatini oshirishdagi dolzarb masalalar” mavzusida konferensiya o‘tkazilishi belgilandi.

Ushbu konferensiyani yuqori saviyada tashkil etilishi va o‘tkazilishi uchun joriy yilning 1 noyabrigacha ilovalardagi talablarga muvofiq tezislarni dorivor@agro.uz elektron manziliga yuborishingizni so‘raymiz.

Maʼlumot uchun telefon: +99894 645 12 37, +99899 8962638. B. Nigmatullayev

Konferensiya talablari ilovalarda keltirilgan.

1-ilova

Konferensiya sohalari va shoʻbalari

Konferensiya botanika, biologiya, ekologiya, kimyo, texnologiya, tabiiy birikmalar farmakologiyasi, tibbiyot va xalq tabobati sohalarini o‘z ichiga qamrab olgan.

Konferensiya shoʻbalari:

  1. Dorivor va ziravor o‘simliklar muhofazasi, introduksiyasi va agrotexnologiyasi.

  2. O‘zbekiston Respublikasi florasidagi dorivor va ziravor o‘simliklar resurslari.

  3. Dorivor va ziravor o‘simliklar xom ashyosining farmatsevtikada ishlatilishi.

  4. Dorivor va ziravor o‘simliklar kimyosi va ulardan dori vositalari ishlab chiqish texnologiyasi.

  5. Dorivor va ziravor o‘simliklarning tibbiyotda, xalq tabobatida va oziq-ovqat sanoatidagi o‘rni.

Konferensiyada maʼruza va stend prezentatsiyalari bilan ishtirok etish mumkin.

Konferensiya doirasida plenar majlis, shoʻbalardagi maʼruzalar, prezentatsiyalarni munozara qilish rejalashtirilgan.

2-ilova

Konferensiya materiallariga qo‘yilgan talablar

Tezisning hajmi – 1-3 bet. Format –A4, Microsoft Word 1997-2003, Rtf, shrift - Times New Roman, razmer – 14 pt, qatorlar orasidagi interval – 1,5, kengligi bo‘yicha to‘g‘rilash.

Betning parametrlari: yuqoridan – 2 sm, pastdan – 2 sm, chapdan– 3 sm, o‘ngdan – 1,5 sm. Tezislar konferensiyaning dorivor@agro.uz elektron pochtasiga 2020 yilning 15 oktyabrigacha yuborilishi mumkin.

Tezis matni o‘zbek va rus tilida yozilib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  1. Nomi (yarim to‘q rangdagi shriftlar bilan razmer – 14 pt, bosma harflarda betning o‘rtasida yoziladi).

  2. Mualliflarning familiyasi, ismi-sharifi ham yarim to‘q rangdagi shriftlar bilan razmer – 12 pt bosma xarflarda betning o‘rtasida yoziladi maqola nomidan 1 intervalda.

  3. Korxona va tashkilotning nomi (razmer – 12 pt, kursor, oddiy betning o‘rtasida yoziladi).

  4. Abstrakt.

  5. Kalit so‘zlar.

  6. Matn.

Matnda alohida bo‘limlarda izlanishlar dolzarbligini, material va uslublarni, olingan natijalar va ularning izohini ko‘rsatish (lekin shart emas). Konferensiyada ishtirok etish uchun 1noyabrga qadar dorivor@agro.uz elektron manzilga talabnoma (forma ilova qilinadi, faqat ishtirokchi to‘ldiradi), maʼruza tezisi 1-3 betda, maqola va talabnomadagi hujjatlar nomi, uning birinchi muallifiga mos holda yuborilishi kerak. Konferensiya tashkilotchilari uning maqsadiga mos kelmagan materiallarni rad etishi mumkin. Maqola mualliflari berilgan materiallarni mazmuni va layoqatiga javobgardirlar.

Konferensiya materiallari asosida to‘plam tayyorlanadi. To‘plamning elektron varianti quyidagi dorivor@agro.uz elektron manzilda keltiriladi.

*Qo‘shimcha savol va maʼlumotlar uchun konferensiyaning masʼul kotibiga quyidagi telefon raqami +998946451237 orqali hamda dorivor@agro.uz elektron manziliga orqali murojaat qilishingiz mumkin.

3-ilova

“O‘zbekistonda dorivor o‘simliklar muhofazasi, yetishtirish, qayta ishlash va sohaning eksport salohiyatini oshirishdagi dolzarb masalalar” konferensiyasida ishtirok etish talabnomasi

Familiya, ism,otasining ismi

 

Ish joyi/o‘quv muassasasi

 

Lavozimi

 

Ilmiy unvoni,darajasi

 

Murojat uchun telefon

 

E-mail

 

Ishtirok etish shakli
(doklad, prezentatsiya)

 

Ilmiy yo‘nalishi

 

Doklad mavzusi

 

 

Konferensiya o‘tkazish manzili: Toshkent davlat agrar universiteti. 100140, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy (tel: 71 263 11 75).

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech