O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Доривор ўсимликларни етиштириш илмий-ишлаб чиқариш марказининг вазифалари белгиланди

Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi huzuridagi Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi (9.03.2021 yildagi 124-son VMQ).

Prezidentning 26.11.2020 yildagi «Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash, ularning urug‘chiligini yo‘lga qo‘yishni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-4901-son qaroriga muvofiq Markazning asosiy vazifalari quyidagilar etib belgilandi:

➖ dorivor o‘simliklarni ilmiy asosda yetishtirish va qayta ishlash, ulardan oqilona foydalanishning yagona strategiyasini shakllantirish va amalga oshirish;

➖ yovvoyi holda o‘suvchi dorivor o‘simliklar areallarini o‘rganish va zaxiralarini aniqlash, mavjud bioresurslar genofondini saqlash, onalik plantatsiyalarini tashkil etish;

➖ urug‘lik materiallarini yetishtirish va tayyorlash, ko‘paytirish, kolleksion ko‘chatxonalar tashkil etish hamda ularning xom ashyolarini qayta ishlash bilan bog‘liq ilmiy va amaliy tadqiqotlarni olib borish;

➖ dorivor o‘simliklarni muayyan tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda madaniy holda yetishtirishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha aniq ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish;

➖ tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olib madaniy holda yetishtiriladigan dorivor o‘simliklarning agrotexnologik xaritalarini Qishloq xo‘jaligi vazirligi va O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi buyurtmasiga ko‘ra ishlab chiqish;

➖ dorivor o‘simliklar kimyoviy tarkibini o‘rganish, mahsulotini standartlash va sertifikatlash;

➖ dorivor o‘simliklarga bo‘lgan ichki va tashqi bozorlar talabini o‘rganish bo‘yicha marketing tadqiqotlari olib borish.

 Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazi to‘g‘risidagi nizomda quyidagilar belgilangan:

➖ Markazning maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalari;

➖ Markazning huquqlari va majburiyatlari, shuningdek uning faoliyatini tashkil etish tartibi;

➖ Markaz faoliyatini moliyalashtirish, Markazga tushadigan mablag‘larni yo‘naltirish va xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibi.

 Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 10.03.2021-yildan kuchga kirdi.

Norma.uz

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech