O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Dorivor va ziravor o‘simliklar yetishtirishning muhim masalalari tahlil qilinadi

2020 yilning 3 dekabr kuni Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 9 sentyabrdagi 03/1-928-sonli topshirig‘iga asosan Qishloq xo‘jaligi vazirligida tegishli vazirlik, qo‘mita va tashkilotlar bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda dorivor va ziravor o‘simliklar muhofazasi, yetishtirish, qayta ishlash va sohaning eksport salohiyatini oshirishdagi dolzarb masalalar” mavzusida konferensiya o‘tkazilishi belgilangan.

Konferensiya botanika, biologiya, ekologiya, kimyo, texnologiya, tabiiy birikmalar farmakologiyasi, tibbiyot va xalq tabobati sohalarini o‘z ichiga qamrab olgan.

Konferensiya shoʻbalari:

1. Dorivor va ziravor o‘simliklar muhofazasi, introduksiyasi va agrotexnologiyasi.
2. O‘zbekiston Respublikasi florasidagi dorivor va ziravor o‘simliklar resurslari.
3. Dorivor va ziravor o‘simliklar xom ashyosining farmatsevtikada ishlatilishi.
4. Dorivor va ziravor o‘simliklar kimyosi va ulardan dori vositalari ishlab chiqish texnologiyasi.
5. Dorivor va ziravor o‘simliklarning tibbiyotda, xalq tabobatida va oziq-ovqat sanoatidagi o‘rni.
Konferensiya doirasida plenar majlis, shoʻbalardagi maʼruzalar, prezentatsiyalarni munozara qilish rejalashtirilgan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech