O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Dorixona xodimi muvofiqlik sertifikatini ko‘rsatmasalikka haqqi bormi?

Dorixona xodimi men xarid qilayotgan dori vositasining sertifikatini taqdim qilmadi. "Men sotuvchiman, sertifikatni dorixona rahbaridan so‘raysiz"- dedi. Aytingchi sotuvchi bunday qilishga haqlimi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasiga ko‘ra, sertifikatlanishi shart bo‘lgan tovar haqida isteʼmolchiga uning sertifikatlanganligi to‘g‘risida maʼlumot taqdim etilishi lozim.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 185-son Qarori bilan tasdiqlangan "Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish tartibi to‘g‘risida"gi nizomga asosan:

Sotib oluvchining talabiga binoan dorixona xodimi dori vositalari va tibbiy buyumlarning narxlari va ularning sertifikatlashtirish organi tomonidan rasmiylashtirilgan muvofiqlik sertifikatini ko‘rsatishi lozim.

Bunda muvofiqlik sertifikatidagi dori vositasining savdo nomi, seriyasi, dozasi, chiqarilgan shakli, ishlab chiqarilgan sanasi, ishlab chiqargan mamlakat haqidagi maʼlumotlar dori vositasining ayni shu o‘ramidagi maʼlumotlarga mos kelishi kerak!

Eslatib o‘tamiz, dori vositalarini muvofiqlik sertifikatisiz realizatsiya qilganlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilangan.

Shuningdek, “Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni litsenziyalash tartibi to‘g‘risida"gi nizom (ro‘yxat raqami 284-son 12.05.2017) ga asosan, dori vositalari va tibbiy buyumlarni muvofiqlik sertifikatlarisiz saqlash va (yoki) realizatsiya qilish - faoliyat uchun berilgan litsenziyaning amal qilishi belgilangan tartibda to‘xtatilishiga olib keladigan, litsenziya talablari va shartlarini qo‘pol ravishda buzilishi hisoblanadi!

Manba

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech