O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Dorixonalarda resept asosida beriladigan dori preparatlarni reseptsiz berganlik uchun qanday javobgarlik bor va bunday holatlarni qaysi tashkilot nazorat qiladi?

Dori vositalar va tibbiy buyumlarni chakana savdo uchun ulgurji narxidan 20 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorlarda belgilanadigan cheklangan savdo ustamalari qo‘llanilgan holda amalga oshiriladi.

Sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan 2019 yil 12 noyabrdagi 96-son buyrug‘iga asosan “Retseptsiz beriladigan dori vositalari ro‘yxati” tasdiqlangan.

Dorixonalarda retsept asosida beriladigan dori preparatlarni retseptsiz berish holatlarini bartaraf qilish hamda aniqlangan xolatlar bo‘yicha choralar ko‘rish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyuldagi PF-5490-son «Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoniga asosan nazorat qiluvchi organlar va ularning hududiy bo‘linmalari tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarni kelishish va o‘tkazishning vaqtinchalik tartibini belgilanadi. Mazkur farmonga asosan tekshiruvlarni kelishish Biznes ombudsman tomonidan amalga oshiriladi.

Ushbu qarorga asosan dori vositalarni chakana realizatsiya qoidalarini buzilishini, shu jumladan retsept asosida beriladigan dori vositalarini retseptsiz berishni nazorat qilishishonchli axborotlar mavjud bo‘lganda, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Toshkent shahar sog‘liqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar bosh boshqarmalariga yuklatilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yil 21 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni bilan qabul qilingan “Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeksning 1651 moddasiga asosan:

dorixonalarda tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar mavjud bo‘lmagan dori vositalarini retsept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish, —

bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda (hozirda 1.115.000 so‘mdan  - 2.300.000 so‘mgacha) jarima solishga sabab bo‘ladi;

tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini retsept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish, —

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda (hozirda 11.115.000 so‘mdan  - 22.300.000 so‘mgacha) jarima solishga sabab bo‘ladi.

Mazkur Konunning normasi 2020 yil 23 oktyabrdan kuchga kiradi.

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 12 maydagi 284-sonli qaroriga asosan ushbu qonunbuzarlikni dorixona muntazam ravishda (bir yil davomida ikki va undan ortiq marta) amalga oshirsa, bu holat litsenziya talablari va shartlarini qo‘pol ravishda buzilishi hisoblanib litsenziyaning amal qilishi belgilangan tartibda to‘xtatilishiga olib keladi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech