O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Dubay Savdo-sanoat palatasi vakillari “Tashkent Pharma Park”da

Fevral oyi avvalida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktorining o‘rinbosari Jamshid Eshmuradov “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri binosida Dubay Savdo-sanoat palatasi vakillari bilan uchrashdi.

Birlashgan Arab Amirliklaridan tashrif buyurgan mehmonlarga dastlab O‘zbekiston farmatsevtika sanoatining salohiyati va investitsion jozibadorligi haqida taqdimot o‘tkazilib, farmatsevtika klasterida investorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Taqdimotdan so‘ng Dubay Savdo-sanoat palatasi vakillari “Tashkent Pharma Park” klasteriga investitsiya kiritgan holda uning hududida ishlab chiqarish quvvatini tashkil etish masalasiga qiziqish bildirishdi. Agentlik ekspertlari bu borada xorij tomonini qiziqtirgan barcha savollarga javob berishdi.

Ma’lumot uchun: Dubay Savdo-sanoat palatasiga 1965 yilda Dubaydagi biznes hamjamiyat manfaatlarini ilgari suruvchi, qo‘llab-quvvatlovchi va himoya qiluvchi xususiy notijorat tashkilot sifatida asos solingan. Bugungi kunda mazkur palata o‘zining 150 mingdan ziyod a’zosiga sertifikat berish, xorijiy biznes delegatsiyalarni qabul qilish, delegatlarini chet elga yuborish, yarmarka va iqtisodiy forumlarni tashkil etish, tadbirkorlar uchun o‘quv dasturlarini yaratish va yana ko‘plab biznes va yuridik xizmatlarni ko‘rsatadi.

Muzokaralar yakuniga ko‘ra, ikki o‘rtada hamkorlik yuzasidan anglashuv memorandumi imzolashga ham kelishildi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech