O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Dunyoning eng go‘zal 7 dorixonasi (2-qism): "Careland, Kiehl‘s va Pharmacy M" — hayrat manzillari

Dunyoda ko‘p asrlik tarixga ega yoki zamonaviy sanʼat asariga tenglashtirsa arzigulik ko‘plab dorixonalar mavjud. Farmatsevtika muassasalarining tashqi o‘xshashligi xuddi uniformaga o‘xshab ketadi: dunyoning qaysi burchagida bo‘lishidan qatʼi nazar, dorixonalarning xarakterli dizaynni hech narsa bilan adashtirib bo‘lmaydi. Biroq, dunyoda sanʼat asarlari bilan tenglashtirilishi mumkin bo‘lgan ko‘plab dorixonalar mavjud. Pharma Magazine tahririyati dunyoning eng chiroyli, ko‘zga tashlanadigan dorixona binolari ro‘yxatini tuzdi. Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati tomonidan tarjima qilingan ushbu maʼlumotlar umid qilamizki sizga manzur bo‘ladi. (Birinchi qism bilan bu yerda tanishishingiz mumkin)

5 – Careland dorixonasi

Careland dorixonasi Ispaniyadagi mashhur Casanueva dorixonasi kabi zamonaviy go‘zallik g‘oyalarini o‘zida mujassam etgan oq va yashil ranglarda yaratilgan yana bir dorixona. Ko‘chadan o‘tib ketayotganlar yashil xoch tasviri tushirilgan bir xil qutilar bilan qoplangan jilovlanuvchi to‘lqinli tokchalarni ko‘rishlari mumkin. Loyiha muallifi hisoblanmish Sergio Mannino studiyasi vakillarining fikriga ko‘ra, ular shu orqali farmatsevtika muassasasining sterilligi va dori-darmonlarning yuqori sifatini ko‘rsata olganlar.

 

Porloq yashil rangga bo‘yalgan pollar esa biroz hazilomus va yengillik bahsh etadi hamda do‘stona muhit yaratadi. Rahbariyatning fikriga ko‘ra, odamlar zerikarli to‘q yashil rangdan charchagan va bu tusdagi yashil rang esa tabiiylik bilan bog‘liq. Dorixonaninng “Biz g‘amxo‘rlikka jiddiy yondashamiz” shiori ham xaridor bilan do‘stona va iliq aloqalarni o‘rnatishga qaratilgan. Dorixonaning anʼanaviy ramzi bo‘lgan xoch qo‘l bilan chizilgan va yon tomonga ozgina egilgan, bu uni odatiylikdan xalos qiladi. Shunga qaramay, sog‘liqni saqlash muassasasi bilan bog‘liqlik saqlanib qolgan. Bruklinda joylashgan Careland dorixonasi o‘z faoliyatini 2014 yilda boshlagan.

6 – Kiehl‘s dorixonasi

AQSHda joylashgan yana bir go‘zallik - Nyu-Yorkning diqqatga sazovor joylaridan biriga aylangan Manxettendagi mashhur Kiehl‘s dorixonasi. Kiraverishda mijozlarni Mr. Bones (Janob suyaklar) kutib oladi - oq xalat qiygan skelet – muassasaning o‘ziga xos tumori. XIX asrda, dorixona faoliyatini boshlaganda, Mr. Bones ko‘makchi bo‘lib xizmat qilgan: uning yordamida farmatsevtlar tashrif buyuruvchilarga dorilarning taʼsir qilish tamoyilini tushuntirganlar. Ushbu dorixona boshqalardan ajralib turishiga uning oldi qismida qator qilib terilgan turli shisha idishlar va Harley-Davidson mototsikllari sababchidir.

 

Bu yerda ko‘plab dorilar va tibbiy buyumlar qo‘lda ishlangan va qadoqlangan, kompaniya zamonaviy va qimmatbaho qadoqlardan foydalanishdan qochgan - aksincha, Kiehl‘s mahsulotlari qadoqlangan oddiy idishlarga qo‘lda yozilgan yorliqlar yopishtirilgan va bu kamtarona dizayn bugungi kungacha saqlanib qolgan. Anʼanaviy brend reklamasi og‘izdan-og‘izga o‘tishi orqali amalga oshirilgan, bunda tashrif buyuruvchilarga bepul namunalar taqdim etilgan. Ushbu belgilangan tartib bugungi kunda ham kuzatilmoqda: kompaniya maʼmuriyati barcha namunalarning bepul bo‘lishini diqqat bilan nazorat qiladi, shuningdek, dorixona maslahatchilari mijozlarga qancha vaqt va eʼtibor qilishlarini ko‘zdan qochirmaydi. Hozirda Kiehl‘s mashhur kosmetika ishlab chiqaruvchisi, ammo dorixona ananaviy tarzda o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.

7 – Pharmacy M dorixonasi

2011 yilda Belgiya qurilgan ushbu dorixona binosi odatdagi shakllardan shunchalik farq qiladiki, uni so‘z bilan taʼriflashning iloji yo‘q. Qora eshik ustidagi ulkan xoch dorixona yopiq vaqtda shaffof bo‘lib ko‘rinadi, ochiqligida esa, yaʼni xaridorlarni qabul qilishga tayyor bo‘lganda yalpiz yashil rangga aylanadi. Butun birinchi qavat shisha devorli tokchalalardan iborat, ikkinchi qavat esakulrang g‘isht bilan yotqizilgan. Loyiha mualliflari bunday qaror zamonaviy dori-darmonlarning yuqori xavfsizligini namoyish etadi, deb hisoblashadi.

 

Ichkarida osoyishta kutubxona muhiti yaratilgan: barcha qutilar oddiy yog‘och tokchalarga chiroyli qilib joylashtirilgan. Dorixonadagi tabiiy yorug‘lik maxsus yorug‘lik bilan boyitilgan. Dorixonaning yerto‘la qismi dori-darmonlarni saqlash uchun mo‘ljallangan, shuningdek bu yerda laboratoriya ham joylashgan.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech