O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Mutaxassislar JSSTning Remdesivir dori vositasining samarasiz ekanligi to‘g‘risidagi xulosalarini shubha ostiga qo‘ydilar

New England Journal of Medicine mutaxassislari JSST tomonidan o‘tkazilgan COVID-19 bemorlari uchun Remdesivirning samarasizligi to‘g‘risidagi tadqiqot natijalarini tanqid qildilar. Maqolada sinovlar o‘tkazilgan turli mamlakatlardagi maʼlumotlarni to‘plashning turli usullari dori samaradorligiga taʼsir qilishi mumkinligi taʼkidlangan.

New England Journal of Medicine mutaxassislari JSST o‘tkazgan “Birdamlik” nomi ostidagi sinov natijalariga shubha bildirishdi, deb xabar bermoqda Reuters. Xalqaro tashkilot uyushtirgan tadqiqot davomida koronavirusga qarshi to‘rtta davolash usuli taqqoslangan, remdesivir dori vositasi ham shular jumladandir. Natijada, biron bir dori koronavirus bilan kasallanganlarning o‘limi darajasi yoki kasalxonada davolanish muddatiga taʼsir ko‘rsatmagan.

Ammo New England Journal of Medicine ekspertlari natijaga tadqiqotlar turli mamlakatlarda maʼlumotlarni hisobga olish tizimidagi farqlar taʼsir qilgan bo‘lishi mumkin deya taʼkidlamoqda. Tadqiqotlar jami 30ta mamlakatni qamrab olgan.

Mutaxassislaring fikricha, kasalxonalarga olib kelinayotgan bemorlarga xizmat ko‘rsatish standartlari va ularning holatini baholash darajasi turli mamlakatlarda turlichadir.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti o‘z tadqiqotida “30 mamlakatdagi 400 ta kasalxonaning birortasidagi tibbiy xizmat standartlarini yoki sog‘liqni saqlash tizimining imkoniyatlarini tahlil qilmagan yoki hisobot bermagan”, deydi Nebraska universiteti qoshidagi Tibbiyot markazining yuqumli kasalliklar bo‘yicha mutaxassisi doktor Andre Kalil. Shuningdek, u bemor quvvatlovchi muolaja bilan taʼminlanmasa, samaradorligi isbotlangan har qanday dori ham foyda keltirmasligi mumkinligini taʼkidladi. Uning fikriga ko‘ra, bunday quvvatlovchi muolaja COVID-19 bilan kasalxonasiga yotqizilganlar uchun zarurdir.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech