O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Eksportni qo‘llab-quvvatlash uchun $100 mln ajratiladi

Prezidentning 13.07.2021 yildagi “Eksport faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni yana-da kuchaytirish to‘g‘risida”gi PQ-5184-son qarori qabul qilindi.

Hujjatga asosan eksport bilan bog‘liq savdo va eksportoldi operatsiyalarini moliyalashtirish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga $100 mln miqdorida mablag‘lar ajratadi. Mablag‘lar Eksportni rag‘batlantirish agentligi talabnomasiga asosan 5 yil muddatga 1% stavkasida ajratiladi.

Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasiga quyidagilarni taʼminlash topshirildi:

●  ajratilayotgan moliyaviy resurslarning o‘z vaqtida va to‘liq qaytarilishini;
●  2021 yil yakuniga qadar xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari, xorijiy banklar va moliya kompaniyalaridan Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi va mahalliy tijorat banklariga eksportoldi moliyalashtirish uchun $200 mln miqdoridagi mablag‘lar jalb etilishini.

Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 14.07.2021 yildan kuchga kirdi.

Manba

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech