O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Elektron davlat xizmatlarining rivojlantirilayotganligi eʼtirof etildi

Davlat xizmatlari agentligi tomonidan joriy yilning 8 sentyabr kuni «Toshkent International» mehmonxonasida, O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi (BMTTD)ning “O‘zbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlari takdim etishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” qo‘shma loyihasi doirasida davlat xizmatlari ko‘rsatish hamda elektron xizmatlarni rivojlantirish sohasida ilg‘or natijalarga erishgan, davlat tashkilotlari, soha mutaxassislari, jurnalistlar va blogerlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi elektron davlat xizmatlarini rivojlantirishda "Eng namunali xizmat ko‘rasatuvchi idora" deb topildi. Maxsus diplomni Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori o‘rinbosari Alisher Temirov qabul qilib oldi.

Eslatib o‘tamiz, biroz avval Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish yuzasidan faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yib, xalqimizga ortiqcha sansalorliksiz xizmat ko‘rsatib kelayotganligi uchun Davlat xizmatlari agentligi tomonidan maxsus tashakkurnoma bilan taqdirlangan edi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech