O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Mutaxassis tavsiyasi: Elektron termometr bilan tana haroratini aniq o‘lchashda uchun 11 tavsiya

1-tavsiya: Ovqatlanib, vanna yoki dush qabul qilib bo‘lganigizdan so‘ng, shuningdek jismoniy faollikdan keyin darrov haroratni o‘lchamang, balki 30 daqiqa tanaffus qilib, keyin o‘lchang.

2-tavsiya: Sovuqda ko‘chadan kelganingizdan so‘ng ham 30 daqiqa kutib, ana undan keyin haroratingizni o‘lchashingiz mumkin.

3-tavsiya: Agar terlagan bo‘lsangiz, dastlab qo‘ltiq ostini quruq sochiq bilan artib, ana undan so‘ng termometrdan foydalaning.

4-tavsiya: Ilk ovozli signaldan so‘ng darrov termometrni olmay, yo‘riqnomada yozilganidek haroratni o‘lchashda davom eting (termometrlarning eng tezkori haroratni 1,5-2 daqiqada o‘lchasa, aksariyatiga bu ish uchun odatda 4-5 daqiqa vaqt talab etiladi).

5-tavsiya: Haroratni doim aynan bir qo‘ltiq ostida o‘lchash darkor, zero ikki tomonda bu ko‘rsatkich ikki xil bo‘lishi mumkin.

6-tavsiya: Haroratni o‘lchash chog‘i elektron termometrni tanaga perpendikulyar holatda joylashtirmang, balki tana bo‘ylab, uchi tashqariga chiqmagan holda aynan qo‘ltiq osti chuqurchasining o‘rtasida turadigan qilib joylang.

7-tavsiya: Qo‘ltiq ostida harorat o‘lchangan paytda qo‘l tanaga tegib turishi o‘ta muhim. Qo‘l bemalol harakatlantirilib, teri bilan kontakt bo‘shashgan paytda harorat noto‘g‘ri ko‘rsatilishi va muddatidan avval ovozli signal berilishi mumkin. Shu boisdan ham bolaninig tana harorati o‘lchanayotgan vaqtda u bilan o‘tirib, qo‘lini taniga bosib turgan holda ushlab turish kerak bo‘ladi.

8-tavsiya: Harorat maksimal darajada aniq ko‘rsatilsin, desangiz, elektron termometrni qo‘ltiq ostiga o‘chgan holatida qo‘yib, qo‘lni mahkam bosib turish kerak. Termometrning uchi bir oz isigach, taxminan 30 soniyadan so‘ng uni yoqish darkor.

9-tavsiya: Batareykasi uzoq hizmat qilsin, desangiz, ishlatib bo‘lishingiz bilan, darhol termometrni o‘chirib qo‘ying.

10-tavsiya: Batareyka quvvati tugay deb qolganda, termometr haroratni noto‘g‘ri o‘lchaydi. Shunday ekan, displey orqali batareykaning holatini kuzatib boring va vaqtida alishtirib turing.

11-tavsiya: Elektron termometrni namligi baland joylarda va isitish batareyalari yaqinida saqlamang.

Maʼlumotlar “Budni farmatsevta” kanalidan olindi

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech