O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Emlashlar (vaktsinatsiya)ga qarshi chin va soxta ko‘rsatmalar. Bu nimani anglatadi?

Tibbiyot amaliyotida emlashlarga qarshi bir qator qarshi ko‘rsatmalar bor, masalan:

Chin qarshi ko‘rsatmalar – vaksina preparatlariga haqiqatdan ham qarshi ko‘rsatmalar bo‘lgan holatlarga aytiladi. Bular vaksina yo‘riqnomasida keltirilgan bo‘ladi.
Soxta qarshi ko‘rsatmalar – ayrim malakasiz shifokorlar yoki qarindosh urug‘larning vaksinalar haqida to‘liq maʼlumotga ega bo‘lmagan shaxslar tomonidan aytiladigan holatlardir.

Bundan tashqari:

➖ Shartli (nisbiy, vaziyatga bog‘liq) qarshi ko‘rsatmalar – bunday holatlar ham chin qarshi ko‘rsatmalar hisoblanib, bola organizmining individual holati, epidanamneziga asoslanib shifokor tomonidan belgilanadi. Masalan, ayrim vaksinalarga bo‘lgan reaksiyalar. Shu kabi holatlarda antigistamin preparatlar qo‘llanilib, so‘ng vaksina o‘tkaziladi.
➖ Vaqtinchalik qarshi ko‘rsatmalar – qon va siydik tahlilidagi kamchiliklar, tana harorati oshishi, holsizlik va yallig‘lanish jarayonlari kechayotgan holatlarda.
➖ Doimiy qarshi ko‘rsatmalar – bu ham chin qarshi ko‘rsatmalar hisoblanib, vaqt o‘tishi bilan yo‘qolib ketmaydiga holatdir. Masalan immun tizimi defitsiti.
➖ Umumiy qarshi ko‘rsatmalar – surunkali va o‘tkir kasallik davrlaridagi qarshi ko‘rsatmalar.
 
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech