O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

YOIIda farmakonazoratning amaliy jihatlari muhokama etildi  

Joriy yilning 17 dekabr kuni “YOIIda farmakonazoratning amaliy jihatlari” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy onlayn anjuman bo‘lib o‘tdi. Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlardan 100dan ortiq farmakonazorat tizimi mutaxassislari ishtirok etdi.

Anjumanda Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi mutaxassislari qatnashdilar va Xalqaro standartlarni joriy etishni muvofiqlashtirish  boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Elvira Svechnikova “Dori vositalarini O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazishda farmakologik nazorat” mavzusida ma’ruza qildi. U o‘z chiqishida Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi faoliyati, dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida farmakologik nazoratning me’yoriy-huquqiy bazasi haqida so‘zlab berdi.

Bundan tashqari, Elvira Svechnikova virtual anjuman ishtirokchilariga Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining dori vositalari xavfsizligi va samaradorligi ustidan nazoratni kuchaytirish va farmakonazorat tizimini xalqaro talablarga o‘tish bo‘yicha olib borilayotgan ishlari to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech