O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Faoliyatni litsenziyalash masalalaridagi shikoyatlarni ko‘rib chiquvchi Apellyatsiya kengashi tarkibi tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasining “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida” 2022 yil 21 fevraldagi 80-son Qarorining 3-bandida belgilangan vazifani bajarilishini taʼminlash maqsadida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentlini direktorining tegishli buyrug‘i qabul qilindi.

Unga muvofiq, Litsenziyalovchi organning litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi, respublika darajasidagi qarorlari yuzasidan kelib tushgan shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha Apellyatsiya kengashi tarkibi tasdiqlandi:

☑️ Kengash raisi - Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori S.Kariyev;
☑️ Kengash raisi o‘rinbosari - Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari;
☑️ O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari N.Otabekov;
☑️ Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining tashkiliy nazorat va taxlil boshqarmasi boshlig‘i Sh.Xolmatov;
☑️ Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i G.Zufarova;
☑️ Kengash kotibi - Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining bosh yuriskonsulti Sh.Xodjayev.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech