O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farg‘ona viloyatida «Tibbiy antiseptik vositalar» loyihasi ishga tushdi

Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida umumiy qiymati 3,2 milliard so‘m bo‘lgan «Tibbiy antiseptik vositalar» loyihasi amalga oshirildi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, bir kunda 5 tonna xom-ashyoni qayta ishlash quvvatiga ega loyiha to‘liq ishga tushirilgan. Koronavirus pandemiyasi davrida talab ortgan antiseptik vositalarini tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan. Taʼkidlanishicha, tayyor mahsulotlar 20 ming dona maxsus idishlarga qadoqlanib, tashkilot va korxonalarga yetkazib berilmoqda. Ishga tushirilgan mazkur loyiha tufayli 36 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan.

Qayd etilishicha, kelgusida jamiyat tomonidan mahsulotlarni diversifikatsiyalash evaziga spirtli eritmalar va tabiiy giyohlardan damlamalar tayyorlash rejalashtirilgan.

Tuman hokimi Ilyos Novikov boshchiligida mutasaddilar «Olimjon Farm Medikal» masʼuliyati cheklangan jamiyatida bo‘lib, ishlab chiqarish jarayoni va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar hamda ishchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishgan.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech