O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farg‘ona viloyatidagi ayrim tibbiyot muassasalari dori vositalarini tayyorlash faoliyatini litsenziyasiz amalga oshirayotganligi aniqlandi

Sog‘liqni  saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish Agentligining Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi tomonidan 2021 yil II-IV choraklarda farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanuvchi davlat tibbiyot muassasalari dorixonalarining litsenziya talab va shartlariga rioya etishlarini nazorat qilish bo‘yicha o‘tkaziladigan tekshirishlar reja-jadvaliga muvofiq,  2021 yil 4 avgust kuni Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona viloyati filiali, Qo‘qon shahar tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi shoshilinch tibbiy yordam shifoxonasi, Quva tuman tibbiyot birlashmasi, Qo‘shtepa tuman tibbiyot birlashmasi ichki dorixonalarida tekshirish ishlari o‘tkazildi.

Tekshiruvlarda ayrim tibbiyot muassasalari litsenziyalarining amal qilish muddati tugaganligiga qaramay dori vositalarini tayyorlash faoliyatini litsenziyasiz noqonuniy ravishda amalga oshirganliklari, shuningdek dorixonalarda dori vositalarini tayyorlash tartibiga amal qilinmayotganlik hamda ularni saqlash sharoitlari buzilganligi kabi qonunbuzilish holatlari aniqlanib, ularga nisbatan tegishli taʼsir choralari belgilandi.

Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech