O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farg‘onaga Janubiy Koreyadan 4 mingta ekspress -test olib kelindi

Farg‘ona viloyatiga Janubiy Koreyadan koronavirus infeksiyani aniqlovchi 4 ming dona ekspress-test olib kelindi. Mazkur testning afzalligi shundaki, u tezkor va aniq bo‘lib, natijasi 5-10 minutda maʼlum bo‘ladi.

  

Bugungi kunda mamlakatimizda koronavirusni aniqlash maqsadida PZR-diagnostika, yaʼni, polimeraz zanjiri reaksiyasi usulidan foydalanilmoqda. Bu tekshiruvning eng qisqasi -6-8 soatni tashkil etadi. Baʼzan 5-6 kun ham test natijasini kutish holatlari uchrab turibdi. Bugungi kunda viloyatlarda yuk tashuvchi haydovchilar ko‘proq shu muammoga duch kelib, bir necha kunlab test natijasini kutishga to‘g‘ri kelyapti. Endilikda bunga aslo hojat qolmadi.

Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev yaqinda Janubiy Koreyaga qilgan xizmat safari chog‘ida mutaxassislar bilan muloqotda koronavirusni aniqlovchi ekspress-testlarlarni viloyatga olib kelish borasida kelishuvga erishgandi. Bugun viloyatga test to‘plamlarining dastlabki qismi olib kelindi.

 photo_2020-07-19_17-41-37.jpg

Mazkur ekspress-test nafaqat koronavirusni yuqtirganligini aniqlab beradi, balki ilgari bemor bu kasallikka duchor bo‘lgan yoki bo‘lmaganni ham ko‘rsatadi. Eng asosiysi, vaqt tejaladi. Ayni kunlarda bu ekspress-testlardan chegara-nazorat o‘tkazish maskanlari, yirik tashkilot va korxonalarda foydalanish boshlandi.

M.Sulaymonov, M.Qodirov (surat), O‘zA

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech