O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farmagentlik delegatsiyasi Rossiyaning Sankt-Peterburg va Moskva shaharlariga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vazir o‘rinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakovning 2021 yil 14 noyabrdagi 24/1-1909-sonli topshirig‘iga binoan joriy yilning 15-18 noyabr kunlari Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Dilshod Akbarov boshchiligidagi delegatsiya Rossiyaning Sankt-Peterburg va Moskva shaharlariga tashrifi amalga oshirildi va qator farmatsevtik korxonalar bilan muzokaralar olib borildi.

Uchrashuvlar davomida O‘zbekiston Respublikasining farmatsevtika sanoati holati, uning investitsion jozibardorligi va salohiyati haqida maʼlumot berildi.

Bundan tashqari, oldingi kelishuvlar yuzasidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan investitsion loyihalar bo‘yicha muzokaralar olib borildi, jumladan:
Moskva shahrida AJ“Farmasintez” korxonasi rahbari janob Vikram Puniya va korxonaning vitse-prezidenti O.Astafurov, ijrochi direktori N.Puniya, eksport masalalari direktori Yu.Petrosyanlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ofset shartnoma doirasida onkologik va boshqa turdagi dori vositalarini O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish loyihasiga to‘xtaldi.

Korxona rahbarining nutqiga ko‘ra,O‘zbekiston farmatsevtika bozoriga kirish asosiy maqsadlardan biri ekanligini va korxona birinchi bosqichda bozor konyunkturasini o‘rganishni rejalashtirganini maʼlum qildi. Bundan tashqari, korxona loyihani amalga oshirish uchun mahalliy hamkor topishga qiziqish bildirdi. Korxona rahbarining fikriga ko‘ra, onkologik dori vositalarini ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish uchun korxona ofset kontrakt bitimini imzolash muhimligini taʼkidlab o‘tdi.

Agentlik delegatsiyasi, o‘z vakolati doirasida korxonaga loyihani amalga oshirishda ko‘mak berishga tayyorligini maʼlum qildi. O‘z navbatida, janob Puriya 2022 yilning birinchi choragida loyiha doirasida O‘zbekistonga tashrif buyurishini bildirdi va bitim imzolanilishi kelishib olindi. Sankt-Peterburg shahridagi “Gerofarm” MCHJ kompaniyasi Sotuv Departament direktori V.Skornyakov va Ekport boshqarma boshlig‘i A.Nesterenko bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Mazkur uchrashuvda “Ofset shartnoma negizida zamonaviy texnologiyalar asosida yangi avloddagi insulin ishlab chiqarish” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar olib borildi. Uchrashuv davomida Sankt-Peterburg shahridagi mavjud ishlab chiqarish korxonasiga tashrif buyurildi hamda ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishildi. Korxona bilan Agentlik o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolanishi kelishib olindi.

Korxona vakillari tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga 2022 yilning birinchi choragida tashrifi amalga oshirilishi rejalashtirilganligi maʼlum qilindi. Shuningdek, Sankt-Peterburg shahridagi AJ“Farmsintez” korxonasi Boshqaruv direktori E.Prilejayev va Boshqaruv direktori o‘rinbosari S.Zubrichkaya bilan o‘chrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida farmatsevtika sohasidagi yangi yo‘nalishlarni rivojlantirish hamda savdo-iqtisodiy va investitsion kooperatsiya o‘rnatish bo‘yicha kelgusida bitim imzolanilishi kelishib olindi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech