O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farmagentlik mutaxassislari Global Pharm I Xalqaro farmatsevtika forumida ishtirok etishmoqda

Qozog‘istonnning Nursulton shahrida bo‘lib o‘tayotgan mazkur forumda farmatsevtika sanoatining buguni bilan bog‘liq ko‘plab dolzarb muammolar O‘zbekiston, Rossiya, Turkiya, Koreya, Ozarbayjon, Belarus kabi qator davlatlardan tashrif buyurgan ekspertlar ishtirokida muhokama qilinmoqda.

I Xalqaro farmatsevtika forumida, xususan:

☑️ “Jahon farmsanoatining global transformatsiyasi – yangi xavflar va trendlar, Qozog‘istonning roli va mahalliy farmatsevtika kelajagi”,
☑️ “Innovatsion onkologiya”,
☑️ “Vaksinalarni ishlab chiqarish, koronavirusni davolashdagi yangi yondoshuvlar”,
☑️ “Dori vositalari va tibbiy buyumlarning klinik oldi va klinik sinovlari bilan bog‘liq dolzarb masalalar”,
☑️ “Qandli diabet: monitoringdan boshqaruvgacha. Innovaitson preparatlarni qo‘llash bo‘yicha mahorat darsi” mavzularida qator sessiyalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish 
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech