O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farmagentlik rahbariyati saylov jarayonlarida xalqaro mehmonlarga hamrolik qilishdi

Xabaringiz bor kuni kecha butun mamlakatimiz bo‘ylab O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ovoz berish jarayonlari bo‘lib o‘tdi. 

Mazkur siyosiy jarayonlarni bevosita kuzatib borish uchun mamlakatimizga juda ko‘p xorijiy mamlakatlar hamda xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar, xalqaro OAV vakillari tashrif buyurishdi.

Ana shunday mehmonlardan biri Ukrainalik Halqaro kuzatuvchi Sergey Tolstovga Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Sardor Kariyev, Pokistonlik Nadim Xalidga esa Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Dilshod Akbarov hamrohlik qildi.

Dastlab mehmonlar poytaxtimizdagi xorijiy va mahalliy jurnalistlar, shuningdek, mehmonlar uchun muloqot maydoniga aylangan Xalqaro media hollga tashrif buyurdi va bu manzilda tashkillashtirilgan uchrashuvda ishtirok etib, mamlakatimiz hayotida muhim siyosiy jarayon - bu yilgi saylov haqida mahalliy telekanallarimizga intervyu berishdi.

Shundan so‘ng, Mirobod tumanidagi 110-maktab hududida tashkil etilgan 105-saylov uchastkasidagi saylov jarayonlari bilan yaqindan tanishilib, faol ishtirok etayotgan saylovchilar bilan muloqot bo‘lib o‘tdi.

Taʼkidlash joiz, OAV vakillarining bu yilgi demokratik jarayonlarni haqqoniy va tezkor yoritishlari, kuzatuvchilarning saylov uchastkalari bo‘ylab erkin harakat qilishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lib, xalqaro mehmonlar yurtimizga tashrif davomida nafaqat saylov jarayonlari balki mamlakatimizning boy madaniy, tarixiy, ilmiy merosi, o‘z bag‘rida bir necha asrlik tarix sir-sinoatini saqlab kelayotgan mahobatli yodgorliklar, tarixiy maskanlar, ziyoratgohlar bilan tanishishlari mumkin bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizamxodjayev maʼlumot berishicha bugun 16:00 da bo‘lib o‘tadigan matbuot anjumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga o‘tkazilgan saylovning dastlabki natijalari eʼlon qilinadi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish 
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech