O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farmagentlikda AQSHning «Abbott Laboratories» kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi binosida AQSHning «Abbott Laboratories» kompaniyasi delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuv avvаlida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Sardor Kariyev davlatlarimiz o‘rtasida farmatsevtika sohasida o‘zaro hamkorlik aloqalari mustahkamlanib borayotganini alohida taʼkidladi. (Maʼlumot uchun, Amerikaning "Rafarma Pharmaceuticals" kompaniyasi "Tashkent Pharma Park" farmatsevtika klasterining sanoat hududida "Onkologik dorilar va inson donorlari qon plazmasidan dori vositalarini ishlab chiqarishni tashkil etish" loyihalarini amalga oshiradi)

Uchrashuv davomida qator masalalar muhokama qilindi, xususan ilmiy yo‘nalish va investitsiyalar borasida hamkorlikni kengaytirish va o‘zaro iqtisodiy aloqalarni yana-da rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, “Research &Development”, yaʼni texnologik taraqqiyot strategiyasi sohasida hamkorlikni mustahkamlashga kelishib olindi. Maʼlumot o‘rnida: 1888 yilda tashkil topgan "Abbott Laboratoriyes” kompaniyasi bugungi kunda 4 yo‘nalishda faoliyat olib boradi: kompaniya farmatsevtik vositalar, diagnostika uskunalari, qon-tomirlar terapiyasi uchun tibbiy mahsulotlar hamda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaradi.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Sog‘liqni saqlash vazirligida AQSHning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Deniyel Rozenblyum, USAIDning yurtimizdagi missiyasi hamda AQSH Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari (CDC) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tgan edi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech