O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farmagentlikda Nabi Rahimov tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 9-dekabr sanasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 7 apreldagi PQ-5060-son qarorining 5.5.76 bandining ijrosini taʼminlash maqsadida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantish agentligining media-studiyasida mashhur o‘zbek kino va teatr aktyori Nabi Rahimov tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbir Kinematografiya agentligi vakillari va Farmagentlikning Maʼnaviy – maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish davlat tili to‘g‘risidagi qonun xujjatlariga rioya etilishini taʼminlash bo‘yicha direktor maslahatchisi Muhabbat Ibragimova hamkorligida tashkil qilindi.

Xotira kechasida “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” matbuot kotibi Umida Yaxshiboyeva va Jamoa aloqalari bilan ishlash bo‘lim boshlig‘i Gulnora Abdurahimova so‘zga chiqib O‘zbekiston xalq artisti, betakror rollari bilan ko‘plab muxlislar hurmat-eʼtiboriga sazovor bo‘lgan sanʼatkor Nabi Rahimovning hayoti va ijodi haqida maʼlumot berib, tadbir qatnashchilarini qiziqatirgan savollariga javob berishdi.

Nabi Rahimov 1911 yil 7 noyabrda Farg’ona viloyatining Qo’qon shahrida tu’gilgan. Aktyor bolaligida, turli uy buyumlarini tamirlovchi otasiga yordamlashib yurgan. 15 yoshidan boshlab esa Qo’qon shahridagi badiiy havaskorlik to’garagiga qatnasha boshlagan.

Nabi Rahimov 1926 va 1929 yillar oralig’ida Qo’qon shahridagi kichik teatr jamosida ishlagan. Keyinroq ya’ni 1930 yildan to umrining oxirigacha Hamza nomidagi O’zbek milliy akademik drama teatrida faoliyat yuritgan. Nabi Rahimov ikkinchi jahon urushi ishtirokchisi bo’lib, u 1942 yilda frontga jo’natilgan va 1943 yilda sog’ omon uyga qaytgan. Urushdan qaytgach o’zining aktyorlik faoliyati davom ettirgan.

Aktyor o’z faoliyati davomida 100 dan oshiq spektakl va filmlarda turli rollani ijro etgan va shu orqali tomoshabinlarni e’tiboriga tushib, ularni mehrini qozongan. Teatr va kinodan tashqari u o’zining betokror ovozi bilan yuzlab filmlar dublajida ham ishtirok etgan. 

Nabi Rahimov faoliyati davomida shuningdek  «O’zbekiston» radiosidagi «Tabassum»  radioeshittirishda muallif va boshlovchisi sifatida ham bir necha yil ishlagan.

Serqirra bu ijodkor ko’p yillar «Toshkent teatr va rassomchilik sana’ti  oliygohida aktyorlik mahoratidan talabalarga saboq bergan. Nabi Rahimov ushbu oliygohda  Obid Yunusov va Ergash Karimov kabi ko’plab aktyorlarga ustozlik qilgan. Nabi Rahimov san’at sohasidagi o’zining ko’p yillik xizmatlari uchun, 1964 yilda «O’zbekiton xalq artisti» unvoni, o’limidan keyin 2008 yilda esa «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlangan.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech