O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farmakonazorat nima va uning maqsadlari nimalardan iborat?

Farmakonazorat (pharmacovigilance) - dori preparatlari qo‘llanilganda noxush oqibatlarini aniqlashga, baholashga, tushunishga va oldini olishga qaratilgan ilmiy va amaliy faoliyat turi.

Farmakonazorat bemorlar va aholi salomatligini himoya kilishga qaratilgan.

Farmakonazoratning maqsadlari quyidagilar hisoblanadi:

▪️ odamda ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori preparatlarining ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasining shartlariga muvofiq yoki muvofiq bo‘lmagan qo‘llanishidan keyin, yoki kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan taʼsir etishi natijasida rivojlanadigan noxush reaksiyalarning noxush oqibatlarini oldini olish;

▪️ dori preparatlarining xavfsiz va samarali qo‘llanilishini, jumladan, bemorlarga, sog‘liqni saqlash tizimi xodimlariga va aholiga ularning xavfsizligi haqidagi maʼlumotni o‘z vaqtida taqdim etish orqali taʼminlash.

Agar Siz dori vositalarni istemol kilish paytida yuzaga kelgan nojo‘ya dori reaksiyalardan xabardor bo‘lsangiz, xisobot kartasi shaklini to‘ldirishingiz mumkin.  Word dasturida to‘ldirilgan xabarnomalarni farmakonadzor@ssv.uz elektron pochtasiga yoki 100002, Toshkent, ko‘ch. Ozod, K.Umarov tor ko‘ch, 16. manziliga yo‘llashingiz mumkin.

Savollaringiz bo‘lsa, quyidagi telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qiling: (71) 203-01-01 (ichki 4144);

Davlat markazi Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech