O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi huzurida Jamoatchilik kengashi tashkil etildi

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining 2020 yil 29 iyundagi 48-sonli buyrug‘i bilan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi huzurida 15 kishidan iborat tarkibda Jamoatchilik kengashi tashkil etildi.

Jamoatchilik kengashi tarkibiga, yirik farmatsevtika korxonalari rahbarlari va masʼul xodimlari “O‘zbekiston Nogironlar uyushmasi” , “Dori-darmon” AJ , O‘zbekiston farmatsevtika korxonalari uyushmasi vakillari kirgan.

Jamoatchilik kengashining asosiy vazifalarilariga quyidagilar kiradi:

➖ qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarda, qarorlarda, shuningdek, davlat, tarmoq va hududiy rivojlantirish dasturlarida jamoatchilik manfaatlari va jamoatchilik fikri hisobga olinishi, fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, jamiyat manfaatlarini himoya qilish sohasida qonun hujjatlari talablari ijrosini taʼminlash, Agentlik zimmasiga yuklangan hamda ijtimoiy va jamoatchilik manfaatlariga daxldor vazifalar va funksiyalarni bajarish, davlat xizmatlarini ko‘rsatish, ijtimoiy sheriklik doirasida amalga oshiriladigan bitimlar, shartnomalar, loyihalar va dasturlarni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha Agentlik va uning mansabdor shaxslarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;
➖ birgalikda muloqot qilish, Agentlikning nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali hamkorligini taʼminlash uchun Agentlikni fuqarolar bilan bog‘lab turadigan “ko‘prik” rolini bajarish;
➖ Agentlikga nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridan kelib tushgan sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni umumlashtirish va baholash;
➖ fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxldor eng muhim masalalar yuzasidan Agentlikning faoliyati haqidagi jamoatchilik fikrini tizimli monitoring qilish va har tomonlama tahlil qilish, sotsiologik so‘rovlar o‘tkazish, jumladan ularni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o‘tkazish;
➖ Agentlik faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlari va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etish, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilgan ishlar ustidan monitoring va tahlil o‘tkazish, shuningdek, ularning natijalari bo‘yicha takliflar tayyorlash;
➖ Agentlik faoliyatining ochiqligini taʼminlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlarni monitoring qilish, uning faoliyati to‘g‘risida batafsil axborot olish imkoniyatlarini tahlil qilish, ularni yana-da kengaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
➖ Agentlik faoliyatini isloh qilishda fuqarolar ishtirok etishi uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganish va ularni yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
➖ Agentlik faoliyati bo‘yicha fuqarolar o‘rtasida o‘tkaziladigan tushuntirish ishlari va maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda ishtirok etish, ularning samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
➖ Agentlik xodimlari va ular oilalarining uy-joy, ijtimoiy-maishiy, xizmat shart-sharoitlarini, ularga malakali tibbiy yordam ko‘rsatish sharoitlarini, shuningdek, ishdan bo‘shatilgan yoki zaxiraga olingan xodimlarni ijtimoiy va kasbiy moslashtirish bo‘yicha muammolarni kompleks tahlil qilish hamda tahlil yakunlari bo‘yicha mazkur sharoitlarni yaxshilash yuzasidan takliflar kiritish.

Jamoatchilik kengashidan tarmoqni innovatsion rivojlantirish bo‘yicha g‘oya va takliflarni kutib qolamiz. Kelgusida Jamoatchilik kengashining faoliyati Agentlik saytida va ijtimoiy tarmoqlarida muntazam yoritilib boriladi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech