O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanuvchi barcha korxonalar diqqatiga!

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi quyidagilarni maʼlum qiladi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 yanvardagi “2022-2026 yillarda respublikaninig farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-55-son Farmoniga asosan, 2023 yil 1 yanvardan farmatsevtika mahsulotlari bo‘yicha davlat xarid tanlovlarida faqatgina «Zarur ishlab chiqarish amaliyoti (GMP)» standartlari asosida dori vositalarini, “ISO:13485” standartlari asosida tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani ishlab chiqarishni tashkil etgan tashkilotlar va «Zarur distribyutorlik amaliyoti (GDP)» standartlarini joriy etgan ulgurji savdo tashkilotlari qatnashishiga ruxsat berilishi belgilangan.

Shu munosabat bilan, kelgusi faoliyat davomida korxonalar farmatsevtika mahsulotlari bo‘yicha davlat xarid tanlovlarida qatnashishlari uchun o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha zarur amaliyot talablariga muvofiqlik yuzasidan tegishli sertifikatlarga ega bo‘lishlari kerak.

GxP talablarini tatbiq etish bo‘yicha Siz, “Zarur amaliyotlar markazi” DUKka o‘rnatilgan tartibda ariza bilan murojaat etishingiz lozim.

Manzil: Toshkent shahri, Chingiz Aytmatov ko‘chasi, 1“A” uy.
Telefon: (998 71) 203-30-32/ 151.
Elektron pochta: gxp.duk@ssv.uz

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech