O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farmatsevtika korxonalari - Murojaatnomada belgilangan vazifalar ijrosi yo‘lida

Maʼlumki, 2020 yilning 29 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida qator muhim yo‘nalish, ustuvor vazifalarni belgilab, qator takliflarni ilgari surgan edi. Raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish, eksportni ko‘paytirish, tranzit salohiyatidan to‘liq foydalanish, eksport qilishda zamonaviy sug‘urta xizmatlarini yo‘lga qo‘yish, transport-logistika sohasini rivojlantirish kabi vazifalar shular jumlasidandir.

Murojaatnomadagi vazifalarning ijrosini taʼminlash maqsadida 2021 yil 16 yanvar kuni Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining Ishlab chiqarish masalalari boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Ilhom Abdullayev, Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi mutaxassisi Lochinbek Xudoyorov va “O‘zbekiston 24” telekanali muxbirlari, Adliya vazirligi xodimlari bilan birgalikda “Nobel Pharmsanoat” chet el korxonasi hamda “Nika Pharm” MCHJ mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarga tashrif buyurishdi.

O‘zbekistonda 2000 yilda faoliyat boshlagan “Nobel Pharmsanoat” chet el korxonasi tabletka, kapsula, suspenziya shakllarida dori vositalari ishlab chiqaradi. Korxona mutaxassilarining so‘zlariga qaraganda, bugungi kunda korxonada 95 nomdagi dori vositalari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, shulardan 13 tasi kapsula, 76 tasi tabletka, 6 tasi suspenziya uchun kukun dori shaklidagi dori vositalaridir.

Ishlab chiqarish masalalari boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Ilhom Abdullayev mazkur ishlab chiqaruvchi haqida gapirar ekan, “Nobel Pharmsanoat” faoliyat turlarini har tomonlama rivojlantirib borayotgan yosh va dinamik korxona ekanligini hamda u yerda 400 dan ortiq yuqori malakali xodimlar mehnat qilayotganini taʼkidladi.

Mutaxassilar tashrif buyurgan keyingi ishlab chiqaruvchi “Nika Pharm” maʼsuliyati cheklangan jamiyati bo‘lib, mazkur korxona hozirgi kunda 440ga yaqin xodimlarni ishga jalb qilgan. Korxonada 107 nomdagi tabletka, kapsula, sprey, sashe va bad ko‘rinishidagi mahsulotlar ishlab chiqariladi. Aytish joiz, har ikkala korxonalar “Yaxshi ishlab chiqarish amaliyoti-GMP” O‘zbekiston Respublika  Davlat ctandartini joriy qilgan korxonalardan hisoblanadi.   

Har ikki korxonaga tashrif davomida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi mutaxassislari ularning ish faoliyati bilan yaqindan tanishish bilan birga mavjud muammolarni o‘rganib, vakolat doirasida amaliy yordam ko‘rsatdilar, hamda taklif va maslahatlar berdilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech