O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar diqqatiga!

Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 iyuldagi PQ-4389-sonli «Soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida»gi va 2020 yil 28 apreldagi PQ-4699-sonli «Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi qarorlari, shuningdek Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 noyabrdagi 737-sonli «Аyrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish toʼgʼrisida»gi va 2020 yil 31 dekabrdagi 833-sonli «Аyrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimi bosqichma-bosqich joriy etilishini taʼminlash chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida tajriba loyihasini ishlab chiqish va amalga oshirish boshlanganligi toʼgʼrisida maʼlum qiladi.

Ishlab chiqilgan «Dori vositalari va tibbiy buyumlarni  raqamli markirovkalash va kelgusida kuzatish tartibi tajriba loyihasini amalga oshirish toʼgʼrisidagi vaqtinchalik Nizom»ga asosan, vakolatli tashkilot MChJ «CRPT Turon» tomonidan, Oʼzbekiston Respublikasida dori vositalari va tibbiy buyumlarni mahalliy ishlab chiqaruvchilar orasidagi, beshta loyiha ishtirokchilariga, tajriba loyihasini amal qilish muddati ichida, markirovkalash jihozlari va dasturiy taʼminotlarini taqdim etilishi rejalashtirilmoqda.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar rahbarlari raqamli markirovkalash tajriba loyihasida ishtirok etish imkoniyatini koʼrib chiqishlarini hamda ushbu tajriba loyihasida ishtirok etish istagi paydo boʼlsa, quyidagi talablar mavjudligi haqida maʼlumot berishlarini soʼraymiz:

1. Ishlab chiqarish va saqlash ishlari olib boriladigan maydonchalarida va omborlarda “https” protokoli yordamida elektron hujjat almashish uchun Internet tizimiga ulanish punktlari mavjudligi.

2. Mahsulotlarni markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimi bilan oʼzaro maʼlumot almashinuvi uchun zarur boʼlgan elektron hujjatni yaratish va qabul qilishga qodir boʼlgan kompьyuter tizimining mavjudligi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech