O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar diqqatiga

“Dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan import qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadigan xom ashyolar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi (Adliya vazirligi tomonidan 2009 yil 8 mayda 1952-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan) qo‘shma qarorga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish maqsadida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan qaror loyihasi ishlab chiqildi hamda yangi ro‘yxat shakllantirildi. (To‘liq ro‘yxat bu yerda) Ushbu ro‘yxatda faqat dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan xom ashyo va substansiyalar o‘rin egallagan.

Agarda sizda mazkur ro‘yxatga o‘zgartirish yoki qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha taklifingiz bo‘lsa, joriy yilning 18 noyabr sanasiga qadar Agentlikning ishlab chiqarish boshqarmasiga (+99890 9128757 telegram raqami orqali) taqdim etishingizni so‘raymiz.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech