O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxona rahbarlari diqqatiga!

Joriy yilning 14-18 noyabr kunlari “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazma kompleksida “Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi” bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Mazkur yarmarkada Sog‘liqni saqlash vazirligi tasarrufidagi davolash – profilaktika muassasalari ishtirok etishi hamda ehtiyojlardan kelib chiqqan holda cooperation.uz elektron kooperatsiya portali orqali mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan shartnomalar tuzilishi ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, tadbir doirasida korxonangiz tomonidan ishlab chiqariladigan, shuningdek import qilinadigan mahsulotlar (xom ashyo, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, uskuna va materiallar) hamda ishlab chiqarilishi tavsiya etiladigan mahsulotlarni namoyish etish, cooperation.uz elektron kooperatsiya portaliga mahsulotlaringiz haqida maʼlumotlarni joylashtirgan holda 2023 yil uchun shartnomalar tuzish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. 

Ushbu yarmarka bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumotlarni olish uchun Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining Ishlab chiqarish masalalari boshqarmasi mutaxassisi N.Begaliyevga murojat qilishingiz mumkin.

e-mail: farmagentlik@ssv.uz; tel: +99890 903-57-50.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech