O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farmatsevtika sanoatidagi eksportyor korxonalarga amaliy ko‘mak berilmoqda

Dori vositalari sifatini taʼminlashning asosiy mezoni standart bilan belgilanadi. Bugungi kunda farmatsevtika sohasida mahsulotlar sifatini va xavfsizligi taʼminlashga, yaxshi ishlab chiqarish amaliyotiga o‘tishga, sifatni nazorat qilishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Namangan viloyatida farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi va eksport qiluvchi korxonalar soni o‘ndan ortdi. Yuzlab yoshlar tarmoqda faol xizmat qilmoqdalar.

“O‘zstandart” agentligi Xalqaro hamkorlik boshqarmasi hamkorligida “Uz Test” markazi Namangan filiali tomonidan “NAMANGAN PHARM PLANT” korxonasida «Yaxshi ishlab chiqarish amaliyoti (GMP)” Oʼz DSt 2766:2018 standart talablari bo‘yicha umumiy tushunchalar, xalqaro standartining mazmun-mohiyati, joriy etishdagi talablar bo‘yicha o‘quv seminari tashkil etildi.

Unda xodimlarga qo‘yilgan talablar, ineksion eritmalar ishlab chiqarishga va saqlashga qo‘yilgan talablar, shaxsiy va umumiy gigiyena qoidalari haqida batafsil maʼlumot berildi va ishchi xodimlarning qiziqtirgan savollari javob berildi.

Xalqaro standartlarni joriy etgan ushbu korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar Qirg‘iziston, Tojikiston, Qozog‘iston va boshqa xorijiy davlatlariga doimiy eksporti yo‘lga qo‘yilgan.

“O‘zstandart” agentligi
Xalqaro hamkorlik boshqarmasi
“UzTest” DK Namangan viloyati filiali

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech