O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farmatsevtika sohasida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari Jizzax, Sirdaryo, va Namangan viloyatlari kesimida

Joriy yilning 20-23 aprel kunlari Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining Investitsiya loyihalari monitoringini olib borish va farmatsevtika erkin iqtisodiy zonalari faoliyatini rivojlantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi Muzrob Matniyazov Jizzax, Sirdaryo, va Namangan  viloyatlarida farmatsevtika sohasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari holatini joylarga chiqqan holda o‘rgandi.

Jizzax viloyatidagi “HIGHLAND PHARM” MCHJ tomonidan qiymati 3,1 million AQSH dollarilik “Bir marotaba ishlatiladigan tibbiyot va kosmetologik qo‘lqoplar ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihasi, “UKOR ZOMIN” UK tomonidan qiymati 4,5 million AQSH dollarilik “Tibbiy uskunalar ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihasi hamda 2019 yilda ishga tushgan “Shifobaxsh suv chashmasi” MCHJ, “Shoxrux farm” MCHJ va “Dentals Pharma” MCHJ korxonalarining joriy holati mutaxassis tomonidan monitoring qilindi.

Sirdaryo viloyatidagi “River Med Pharm” MCHJ tomonidan qiymati 8,8 million AQSH dollarilik “Infuzion eritmali dori vositalarini ishlab chiqarish” loyihasi, “Temur Med Pharm” MCHJ tomonidan “Infuzion eritmali dori vositalarini ishlab chiqarish” loyihasi, “Baxtteks Pharm” MCHJ tomonidan qiymati 6,7 million AQSH dollarilik “Tibbiy bog‘lov jarrohlik salfetkalari, tibbiy yuz niqoblari, gigrosopik tibbiy momiq, paxta sellyulozasi ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihasi, “Omonmedfarm” MCHJ tomonidan qiymati 7,5 million AQSH dollarilik “Farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihalarining amalga oshirilish jarayoni tahlil qilindi.

Namangan viloyatida esa “SYNERGY” MCHJ tomonidan qiymati 4,0 million AQSH dollarilik “Tibbiy uskunalar, tibbiy vositalar ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihasi, “Tog‘ lavandasi” MCHJ tomonidan qiymati 0,2 million AQSH dollarilik “Dorivor o‘simliklarni (lavanda, gorji) yetishtirish va qayta ishlash” loyihasi, “AX Medical Pharm” MCHJ tomonidan qiymati 3,7 million AQSH dollarilik “Tibbiyot sistemalarini ishlab chiqarish” loyihasi, “Spring Pharmaceuticals” MCHJ tomonidan qiymati 0,6 million AQSH dollarilik “Tayyor dori vositalari ishlab chiqarishni tashkil etish (2 boskich)”  loyihasi,  “Usmo Farm” MCHJ tomonidan qiymati 0,75 million AQSH dollarilik “Galen dori vositalari ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihasi
va boshqa loyihalar ishi o‘rganildi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi bosh mutaxasissi Muzrob Matniyazovning aytishicha, o‘rganish davomida ushbu loyihalar doirasida mavjud muammolar aniqlanib, ular yechimi yuzasidan mahalliy hokimiyat, hududiy vazirlik  va idoralar boshqarmalari mutasaddilari bilan muhokamalar olib borilgan. “Tegishli ko‘rsatmalar va takliflar ham ilgari surdik. Shuningdek, tadbirkorlarni kelgusida ham qo‘llab-quvvatlash maqsadida ular bilan bevosita aloqalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishib oldik”, dedi Muzrob Matniyazov.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech