O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farmatsevtika sohasida faoliyat yurituvchi ishlab chiqauvchilar va mutaxassislar diqqatiga

2021 yilning 30 mart -1 aprel kunlari Qirg‘iziston Respublikasi poytaxti Bishkek shahrida “MedExpo Kyrgyzstan 2021” sog‘liqni saqlash va farmatsevtika yo‘nalishi bo‘yicha 15-yubiley ko‘rgazmasi o‘tkaziladi.

O‘tgan davr davomida ko‘rgazma tibbiyot yo‘nalishlarida faoliyat olib boruvchi olimlar, mutaxassislar, yetkazib beruvchilar, dilerlar hamda zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar, dori vositalari va tibbiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchilari o‘rtasida tajriba almashish uchun maqbul joyga aylandi.

Ushbu ko‘rgazma O‘zbekiston mahalliy ishlab chiqaruvchilari uchun eksport geografiyasini kengaytirish va turli loyixalarni amalga oshirish uchun qulay imkoniyatdir.

Ko‘rgazmada ishtirok etish bepul.

Ishtirok etish istagida bo‘lgan korxonalar Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining Ishlab chiqarish masalalari boshqarmasiga o‘z masʼul xodimi bo‘yicha barcha maʼlumotlarni farmagentlik@minzdrav.uz elektron manziliga taqdim etishingizni so‘raymiz.

Masʼul xodim: Mirxayitov Sh.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech