O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farmatsevtika sohasida ko‘p qo‘llaniluvchi “Biofarmatsiya” atamasi nimani anglatadi?

Biofarmatsiya-dorivor vositalar biologik faoliyatini dorilar – kimyoviy xossalari, dori shakllari va ularni tayyorlash texnologiyasiga bog‘liqligini o‘rgatuvchi fandir. “Biofarmatsiya” atamasi birinchi galda 1961 yilda olimlar Levi Vagner tomonidan qo‘llanilgan.

Dorivor vositalarni biologik faolligi farmatsevtika omillarga (dorivor vositalarni maydalik darajasi, dorivor shakli – kukun, eritma, surtma dori va boshqa holatda bo‘lishi, ularni tayyorlash usullari va boshqalarga) bog‘liq ekanligi Ibn Sinoga qadimdan maʼlum bo‘lgan, jumladan, Ibn Sino dorilarni taʼsir kuchi ularni tayyorlash vaqtida tashqaridan turli omillar (masalan, maydalash, olovda kuydirish, yuvish, sovuqda sovutish va boshqalar) taʼsiri natijasida o‘zgarishi mumkinligi bilgan.

Misol uchun:
“Dorivor o‘simliklardan suvli ajratmalar tayyorlashda ham ularni qizdirish vaqtiga rioya qilish kerak. Qaynab turgan suv hammomi ustida damlama 15 daqiqa, qaynatmalar 30 daqiqa davomida qizdiriladi, so‘ngra xona haroratida damlamalar 45 daqiqadan kam bo‘lmagan vaqt ichida, qaynatmalar 10 daqiqa sovutiladi”.

Ibn Sinoning tashqi omillarning dorilarining shifobaxsh xususiyati taʼsiri to‘g‘risidagi taʼlimoti vaqtlar o‘tib farmatsiya sohasidagi yangi ilmiy yo‘nalishni shakllantirish va taraqqiy qilishiga asos bo‘ldi.

Manba: “Abu Ali Ibn Sino va zamonaviy farmatsevtikada innovatsiyalar”
III Xalqaro ilmiy-amaliy anjumani maqolalar to‘plami

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech