O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farmatsevtika sohasida tijorat siri deganda nima tushuniladi?

O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 11 sentyabrdagi "Tijorat siri" to‘g‘risidagi O‘RQ-374-son Qonuniga muvofiq:

Tijorat siri — uchinchi shaxslarga nomaʼlumligi sababli fan-texnika, texnologiya, ishlab chiqarish, moliya-iqtisodiyot sohalarida hamda boshqa sohalarda tijorat qimmatiga ega bo‘lgan, qonuniy asosda erkin foydalanilmaydigan axborot hisoblanadi.

Ushbu axborot mulkdori uning maxfiyligini muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘radi.

Tijorat sirini muhofaza qilish chora-tadbirlari quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:

➖ tijorat sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarning ro‘yxati va hajmini belgilash;
➖ tijorat siri bilan muomalada bo‘lish tartibini belgilash va bunday tartibga rioya etilishi ustidan nazorat o‘rnatish;
➖ tijorat siridan foydalanishga ijozat olgan shaxslarni hisobga olish;
➖ tijorat siri aks etgan moddiy jismlarga yoki tijorat sirini o‘z ichiga olgan hujjatlarning rekvizitlari tarkibiga uning mulkdorini ko‘rsatgan holda «tijorat siri» grifini qo‘yish.
➖ Tijorat sirining mulkdori, konfident tijorat sirini muhofaza qilish bo‘yicha qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa chora-tadbirlarni ham qo‘llashga haqli.

Tijorat sirini muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni tashkil etish hamda ularning bajarilishini nazorat qilish tijorat sirining mulkdori va (yoki) konfident zimmasiga yuklatiladi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech