O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Davlat xizmatlari agentligi tashakkurnomasi bilan taqdirlandi

Maʼlumki, 2017 yil 12 dekabrda Davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan fuqarolarga yana-da qulaylik yaratish, qulay va shaffof davlat xizmatlari ko‘rsatish, mazkur sohada byurokratiya va korrupsiyani oldini olish, shuningdek “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan ulug‘vor g‘oyani so‘zsiz amalga oshirish maqsadid “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha xizmatlarni taqdim qiluvchi Davlat xizmatlari markazlari tashkil etildi.

Bugungi kunda aholi talabi yuqori bo‘lgan davlat xizmatlari bosqichma-bosqich Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatilishi taʼminlanmoqda. Bu esa fuqarolarga yana-da qulaylik yaratib, ularning ham naqdi va vaqtini tejashga, eng avvalo ularning roziligini olishga sabab bo‘lmoqda.

Mazkur jarayonda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning ham xizmati beqiyos. Ular tomonidan fuqarolarimizga hamda tadbirkorlik subyektlariga sifatli davlat xizmatlari ko‘rstilib kelinmoqda.

Xabar berib kelayotganimizdek, Davlat xizmatlari agentligi tomonidan idoralarning xizmat ko‘rsatish jarayoni domiy ravishda monitoring qilinib kelinmoqda. Monitoring davomida ayrim davlat organlari o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni qonun hujjatlari talablariga og‘ishmay rioya etayotganligi bu albatta quvonarli holat.

Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish yuzasidan faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yib, xalqimizga ortiqcha sansalorliksiz xizmat ko‘rsatib kelayotgan:

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi;
- Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi;
- Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi;
- Qurilish vazirligi 
masʼul xodimlari Agentlik direktorining Tashakkurnomasi bilan taqdirlandilar.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech