O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi jamoasining bayram tabrigi

Qurbon hayiti – ulug‘ bayram. Asrlar davomida el-yurtimizning maʼnaviy hayotida beqiyos o‘rin egallab, jamiyatimizda o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va bag‘rikenglik tamoyillarini yana-da mustahkamlab kelayotgan ushbu qutlug‘ bayram barchamizga muborak bo‘lsin!

Ahil va birdam bo‘lishimiz, bir-birimizni suyab, qo‘llab-quvvatlashimiz, yaqinlarimizni yo‘qlab ularning holidan xabar olish, yoshi ulug‘larni ziyorat qilish, yana-da mehribonroq, shafqatliroq bo‘lib, yetim-yesirlar boshini silab, qariyalar, kasalmandlar, muhtojlardan xabar olish, musulmon kishiga xos bo‘lgan go‘zal fazilatlardan. Albatta bunday kunlarda bir birimizga bo‘lgan muhabbatni uzoqdan turib bo‘lsa ham xis qilib turmoq fursatida ko‘nglingizga munavvarlik kirsin.

Ushbu muborak ayyomda yurtimiz ravnaqi, diyorimizning osoyishtaligi, xalq farovonligi yo‘lida olib borilayotgan barcha xayrli ishlarda Yaratganning o‘zi madadkor bo‘lishini so‘rab qolamiz. Muborak Qurbon hayiti munosabati bilan siz azizlarni Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi nomidan samimiy muborakbod etamiz!

Dilu ko‘nglimizda go‘zal ibodat,
Qolmagay sira ham qalbda xusumat.
Berganimiz tilak, olganimiz duo,
Qurbon hayitingiz bo‘lsin muborak!

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech