O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi mutaxassislari Farg‘onada “Kontrafaktsiz oy” doirasida yig‘ilish o‘tkazdilar

Maʼlumki, har yili 15 fevraldan 15 martga qadar O‘zbekistonda «Kontrafaktsiz oy» tadbiri o‘tkaziladi. Bundan ko‘zlangan maqsad mamlakatimizda kontrafakt mahsulotlar realizatsiyasiga qarshi samarali kurashishdir. Mutasaddi tashkilotlarga kontrafakt mahsulotlarning aylanmasiga qarshi kurashish chora-tadbirlarini o‘tkazish ga yuklatilgan.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi rahbari Gulnora Zufarova hamda Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar ekspertizasi va standartizatsiyalash davlat markazining Zarur amaliyotlar milliy inspektorati bo‘limi boshlig‘i Dilshod Xasanov 5 mart kuni «Kontrafaktsiz oy» doirasida Farg‘ona viloyatida yig‘ilish o‘tkazdilar.

Unda viloyatda faoliyat yuritayotgan farmatsevtika mahsulotlarini ulgurji realizatsiya qilish va farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan tashkilotlar vakillari, ishlab chiqarishni rejalashtirayotgan investitsion loyiha tashabusskorlari ishtirok etdilar.

Gulnora Zufarova  yig‘ilganlarga farmatsevtik litsenziatlar  faoliyatida qonunbuzarlik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik va dori vositalari muomalasiga kontrafakt mahsulotlarni kirib qolishini  oldini olishga qaratilgan tadbirlar to‘g‘risida maʼlumotlarni aniq misollar bilan taqdim etdi.

“2020 yil 24 avgustdagi “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident Farmoni ijrosi bo‘yicha qonunchilikdagi o‘zgarishlar hamda 2020 yil 4-chorakda va 2021 yil 1-chorakda jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarga binoan belgilangan tartibda o‘tkazilgan tekshiruvlar va ko‘rilgan taʼsir choralar, shuningdek tadbirkorlik subyektlari faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida qonun loyihasi to‘g‘risidagi to‘liq maʼlumotlar taqdim etildi” – dedi Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi rahbari.  

Shuningdek, dori vositalarin ishlab chiqarish hamda dori vositalarini ulgurji realizatsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi barcha mahalliy korxonalar Zarur ishlab chiqarish amaliyoti va Zarur distribyutorlik amaliyoti standartlarini o‘z faoliyatlariga  tadbiq qilishlari va inspeksiyadan o‘tkazish tartiblari bo‘yicha to‘liq tushunchalar berildi.

Seminar so‘ngida yig‘ilish qatnashchilari tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar atroflicha javob berdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech