O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi mutaxassislari uchun “Sifatni taʼminlashda xavflarni boshqarish” bo‘yicha onlayn trening o‘tkazildi

2021 yilning 9-10 mart kunlari “Sifatni taʼminlashda xavflarni boshqarish - asosiy prinsiplar va ularning ishlab chiqaruvchilar tomonidan qo‘llanilishi” mavzusiga bag‘ishlangan onlayn trening bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2019 — 2021 yillarda respublikaning farmatsevtika tarmog‘ini yana-da jadal rivojlantirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019 yil 10 apreldagi PF-5707-son Farmoni va Vazirlar Mahkamasining “Farmatsevtika sohasiga zarur amaliyotlar (GxP) talablarini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019 yil 18 sentyabrdagi 788-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida  tashkil etilgan mazkur trening Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) bilan “Dori vositalari sifatini takomillashtirish plyus” (PQM+) loyihasi doirasida o‘tkazildi.

Treningda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi va uning tarkibiy bo‘linmalari mutaxassislari ishtirok etdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech