O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi mutaxassislsari Toshkent shahridagi mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarga tashrif buyurishdi

Yurtimiz hududlarida farmatsevtika sohasida amalga oshirilayotgan islohatlarning ijrosi bilan yaqindan tanishish, bu boradagi muhim vazifalarning hayotga tatbiq etilishini yana-da jadallashtirish, davlatimiz rahbarining farmatsevtikaga oid Farmon va qarorlarida belgilab qo‘yilgan vazifalarning bajarilishini nazorat qilish va samaradorligini yana-da oshirish maqsadida, shuningdek, Investitsion va savdo hamkorligini kengaytirish maqsadida 2017-2020 yillarda investitsiya dasturlari doirasida amalga oshirilgan loyihalarni ijrosi yo‘lida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi vakillari bilan hamkorlikda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Investitsiya masalalari boshqarmasi boshlig‘i I.Manapov, Ishlab chiqarish masalalari boshqarmasi bosh mutaxassisi Z.Umarova va yetakchi mutaxassisi M.Odilovalar ishtirokida joriy yilning 6-7 dekabr kunlari Toshkent shahrida joylashgan mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarga tashrif buyurdilar, jumladan:

“Bayan Medical” MCHJ
“China-Uzbekistan Medicine Technical Park”
 MCHJ QK
“Nika Pharm”
 MCHJ
“Well Med Pharm”
 MCHJ QK
“Serena Healthcare” MCHJ QK

Tashrif davomida korxonalarning ish faoliyatida texnologik ishlab chiqarish tizimlari, ishlab chiqarish quvvatlari, ish o‘rinlarini taʼminlanganligi, ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonidagi muammolar, eksport hajmlarini oshirish, import o‘rnini bosuvchi yangi turdagi dori vositalarini ishlab chiqish masalalari o‘rganildi.

Shuningdek, qayd etilgan muammolar yechimi yuzasidan yaqin muddatlarda ushbu masalalar yechimini topish bo‘yicha taklif va ko‘rsatmalar tayyorlandi. Shuningdek, tadbirkorlarni kelgusida ham qo‘llab-quvvatlash maqsadida ular bilan bevosita aloqalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishilib olindi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech