O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasi bosh muharriri lavozimiga tanlov eʼlon qiladi

Nomzod uchun qo‘yiladigan malakaviy talablar:

• Farmatsevtika fanlari doktori ilmiy darajasiga, professor ilmiy unvoniga ega bo‘lishi;
• Davlat va rus tillarini mukammal bilishi;
• Davlat farmatsevtika muassasalari tizimida kamida 15 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi (shundan kamida 10 yili farmatsevtika sohasining rahbarlik lavozimida ishlagan bo‘lishi, shundan kamida 2 yil farmatsevtikaga mansub bo‘lgan nashrlarda bosh muharrirlik bo‘yicha ish tajribasiga ega bo‘lishi);
• Qonun va qonun osti hujjatlar loyhalarini tayyorlash jarayonida ishtirok etgan bo‘lishi;
• O‘zbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasini nashrga tayyorlash tizimi, tahririyat hayʼati, tahririyat kengashi, ixtisoslashgan ekspert komissiyalar va ularning ishchi guruhlarining faoliyati, funksiyalari va vazifalarini bilishi;
• Xalqaro, shuningdek Respublika miqyosida tashkil etilgan malaka oshirish kurslarini o‘tgan bo‘lishi;
• O‘zbekiston Respublikasida dori vositalari milliy siyosatini shakllantirish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan o‘z maʼruzalari bilan qatnashgan bo‘lishi;
• Farmatsevt olim sifatida farmatsevtika sohasi muammolarini hal qila biladigan bo‘lishi;
• Darslik, ilmiy maqolalar, 3 tadan kam bo‘lmagan farmakopeya maqolalari, patent va uslubiy qo‘llanmalar muallifi bo‘lishi;
• Farmatsevtika mahsulotlarini standartlashtirish va ularni sifat nazoratini amalga oshirish hamda Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasida tegishli malakaga ega bo‘lishi;
• Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotining farmatsevtika faoliyatiga tegishli hujjatlarni mukammal bilishi va amaliyotga tadbiq qila olishi;
• O‘zbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi, “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi, “Metrologiya to‘g‘risida”gi qonunlari asosida farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish, sohaga doir standartlar yaratilishi va ishlab chiqilishida, farmatsevtika mahsulotlarini standartlashtirish, sifat nazoratini amalga oshirish, Farmatsevtika sohasida xalqaro standartlar (xalqaro, USP, BP, EurP, YEOII farmakopeyalari) to‘g‘risida maʼlumotga ega bo‘lishi va ular bilan ishlay bilishi;
• Normativ hujjatni ishlab chiqish va amalyotga joriy qilish bo‘yicha tajribaga ega bo‘lishi;
• Sohada sifat tizimini joriy etilishida faol ishtirok etishi;
• O‘zbekiston Respublikasining standartlash, sertifikatlash, farmatsevtika, tibbiyot, farmakopeya sohasiga tegishli qonunlar, qonun osti hujjatlar va tegishli meʼyoriy-huquqiy, faoliyatiga taʼluqli idoraviy hujjatlarini mukammal bilishi;
• Dori vositalarini yaratish, standartlashtirish, metrologiya, sifat nazorati, ishlab chiqarish asoslarini bilishi;
• Farmatsevtika yo‘nalishlarida mamlakatda olib borilayotgan islohotlar mohiyatini chuqur anglashi;
• Kompyuter savodxonligiga ega bo‘lishi lozim.

Lavozimiy majburiyatlari:
O‘rnatilgan lavozim yo‘riqnomasi talablarini bajarish.

Ish kunlari:
Dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma, soat 09:00 dan 18:00 gacha.

Elektron pochta:
farmagentlik@ssv.uz

Telefon raqami:
+998 (71) 203-81-81

Pochta manzili:
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahar 100084,Chingiz Aytmatov ko‘chasi, 1A

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech