O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi va “Aster DM Healthcare” farmatsevtik kompaniyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2022 yil 21 fevral kuni “DUBAI EXPO-2020” xalqaro ko‘rgazmasi doirasida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining vakillari, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi mutaxassislari hamda ishtirokida BAAning yirik farmatsevtik kompaniya, distribyutor korxonalari, keng dorixonalar tarmog‘i va bir nechta tibbiyot klinikalarga ega bo‘lgan “Aster DM Healthcare» kompaniyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv doirasida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori o‘rinbosari Alisher Temirovning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston farmatsevtika sanoati vakillari, xususan, “Uzgermed Pharm” MCHJ QK, “SAMO” MCHJ, “Fazo Lyuks” MCHJ, “Remedy Group” MCHJ QK, “Avantika” MCHJ, “Shifokor-82” farmatsevtik kompaniyalari ishtirokida o‘tgan mazkur uchrashuvda mahalliy farmatsevtika mahsulotlarining Amirliklar bozoriga eksport qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Hususan, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan farmatsevtika mahsulotlarini ushbu bozorga eksport qilish niyatida bo‘lgan maxalliy kompaniyalar o‘rtasida savol-javoblar o‘tkazildi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining BAAdagi vakolatxonasi, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi bilan “Aster DM Healthcare” kompaniyasi hamda maxalliy farmatsevtik korxonalarning savdo-iqtisodiy aloqalarini mustahkamlash, o‘zaro hamkorlikni bosqichma-bosqich rivojlantirishga kelishib olindi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech