O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi va «Huscion» kompaniyasi vakillari ishtirokida videokonferensiya o‘tkazildi

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, yurtimizning Janubiy Koreyadagi elchixonasi vakillari hamda yangi innovatsion formulalarni ishlab chiqish yuzasidan tadqiqotlar olib boruvchi “Huscion” kompaniyasi rahbariyati ishtirokida videokonferensiya o‘tkazildi.

Konferensiyada ilmiy jihatdan tajriba almashish, texnologiyalar transferi, klinik va klinikoldi sinovlar sohasida, shuningdek yangi dori vositalarini ishlab chiqishda hamkorlik qilish masalalari muhokama etildi.

Taʼkidlash joizki, mazkur kompaniya qator preparatlar doklinik sinovlarini o‘tkazayotgan bo‘lib, sinovlar yakuniga ko‘ra O‘zbekistonga tashrif buyurib, o‘zaro hamkorlik borasida muzokalralar olib borish niyatida. Ilgari kelishilganidek, koreys kompaniyasi klinik sinovlarini O‘zbekistonda Agentlik huzuridagi ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda tashkil etish masalasi ham yig‘ilganlar diqqat-eʼtiborida bo‘ldi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantish agentligi rahbari Sardor Kariyev kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha Yo‘l xaritasini ishlab chiquvchi ishchi guruhni tashkil etish va fevral oyining birinchi yarmida qilinadigan ishlarni muhokama qilish uchun yana bir bor videokonferensiya o‘tkazish taklifini berdi.

So‘ngra Agenglik rahbari va “Huscion” kompaniyasi bosh direktori o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha online rejimda kelishuv imzolandi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech