O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farmatsevtika tarmog'ini rivojlantirish agentligi va USAID hamkorligida trening tashkil etildi

Farmatsevtika tarmog'ini rivojlantirish agentligi va AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) Toshkent farmatsevtika instituti bilan hamkorlikda PQM+ loyihasi doirasida “Aktual GMP” (Dori vositalari sifatini oshirish Plyus) mavzusida trening tashkil etildi.

8 moduldan iborat bo'lgan treningning har bir moduli 3 kun davom etib, O'zbekistondagi yetakchi 20 ta yirik farmatsevtika ishlab chiqaruvchilardan 40 nafar vakil jalb qilindi.

Loyihaga ko'ra, kursni muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchilarga davlat qayta tayyorlash darajasiga tenglashtirilgan 160 soatlik sertifikat beriladi.

Trening JSST standartlari va PIC/S kabi GMPning bugungi kundagi dolzarb asosiy talab va tamoyillari haqida umumiy ma'lumot beradi. Uni tugatgandan so'ng qatnashuvchilar o'z tashkilotlarida GMP standartlarini yangi darajaga olib chiqish uchun zarur bilimlarga ega bo'ladilar.

Bundan tashqari, Agentlik va ishlab chiqaruvchilar o'rtasidagi muloqot va hamkorlikni kuchaytirish ruhida PQM+ tomonidan “Sifat klubi”ning navbatdagi yig'ilishi tashkil etildi.

Ushbu klub Agentlik va ishlab chiqaruvchilarning o'zaro muloqoti, axborot almashishlari, turli tartibga solish bo'yicha mavzularni muhokama qilishlari uchun muhim platforma sanaladi.

Loyiha joriy yil dekabr oyigacha davom etishi moʻljallangan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech