O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi vakillari BAAda “MicroSinergy Pharmaceuticals” farmatsevtik firma vakillari bilan uchrashdi

2022 yil 21 fevral kuni “DUBAI EXPO-2020” xalqaro ko‘rgazmasi doirasida Investitsiyalar hamda tashqi savdo vazirligining BAAdagi vakolatxonasi direktori Sarvar Xamidov, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktorining o‘rinbosari Alisher Temirov boshchiligidagi mutaxassislar “MicroSinergy Pharmaceuticals” farmatsevtik korxonasi vakillari bilan uchrashishdi.

“Jebel Ali” erkin iqtisodiy zonasi farmatsevtik klasterida joylashgan korxona vakillari bilan bo‘lgan uchrashuv Alisher Temirovning taqdimoti bilan boshlandi. So‘ngra mehmonlar mazkur ishlab chikaruvchi korxonaning uchastkalari bilan tanishtirildi.

“MicroSinergy Pharmaceuticals” korxonasi vakillari respublikamizdagi farmatsevtika bozoringa qiziqish bildirib, turli savollar bilan agentlik mutaxassislariga murojaat qilishdi. Bu albatta, farmatsevtika sohasida savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash uchun zamin yaratadi.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra tomonlar investitsiyaviy va texnologiyalar trasferi yo‘nalishida xamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishilib olishdi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech