O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi vakillari Buyuk Britaniya davlatida

Shu kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi vakillari Buyuk Britaniya davlatida bo‘lib, xalqaro hamkorlikni yanayam mustahkamlash borasida qator uchrashuvlarni amalga oshirishmoqda.

Ushbu xizmat safarining asosiy maqsadi - O‘zbekistonda Xalqaro farmatsevtika universitetini tashkil etish uchun xorij hamkorlarni jalb etish, farmatsevtika sohasida Buyuk Britaniyaning ilg‘or tajribasini o‘rganib, mamlakatimizning oliy taʼlimi tizimiga joriy etishdan iborat.

Bu, albatta, yurtimizda jahon standartlariga mos kadrlarni yetishtirib, milliy farmatsevtikamizni yanayam yuksaltirishga erishish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech