O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi vakillari tomonidan Namangan viloyatida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi

Avval xabar berganimizdek joriy yilning 6 oktyabr sanasida Namangan viloyat Davlat xizmatlari markazi binosida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktorining tegishli buyrugi' bilan Namangan viloyatidagi jismoniy va yuridik shaxslar uchun navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.

Unda Agentlik direktori o‘rinbosari Alisher Temirov boshchiligidagi ishchi guruh aʼzolari, Namangan viloyat hokimining Mahalliy sanoatini rivojlantirish bo‘yicha yordamchisi Ayubxon Bobomirzayev, Namangan viloyat farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish hududiy bo‘linmasi mutaxassislari, “Kosonsoy-farm” EIZ direksiyasi vakillari hamda viloyatda faoliyat yuritayotgan dori vositalarinini tayyorlash, dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish, dori vositalari va tibbiy buyumlarni ulgurji va chakana realizatsiya qilish huquqiga ega litsenziatlar hamda tadbirkorlar ishtirok etishdi.

Tadbir avvalida Agentlik hamda davlat markazi, shuningdek Namangan viloyat farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish hududiy bo‘linmasi mutaxassislari sohada amalga oshirilayotgan ishlar haqida taqdimot o‘tkazib farmatsevtik faoliyatga doir normativ-huquqiy hujjatlarning amalda tadbiq etilishi yuzasidan tushuntirish berishdi.

Qabulda turli xil muammo va huquqiy masalalarga yechim izlab kelgan 60ga yaqin fuqarolar ishtirok etdi.

Murojaatlarning aksariyatini dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish, ichki dorixonalar faoliyatini litsenziyalash, dori vositalari va tibbiy buyumlarning eskport-import masalari shuningdek farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi barcha mahalliy korxonalar Zarur ishlab chiqarish amaliyoti (GMP) milliy talablariga muvofiq majburiy sertifikatlashtirilishi lozimligi mavzusidagi murojaatlar tashkil etdi.

Rejaga muvofiq kunning ikkinchi yarmida, mahalliy jurnalistlar, blogerlar va OAV vakillari uchun sayyor qabul doirasida Namangan shahrida faoliyat yuritayotgan “Merrymed farm” MCHJ farmatsevtik korxonasiga press-tur uyushtirildi.

Maʼlumot uchun, 2010 yilda 30 ishchi bilan o‘z faoliyatini boshlagan “Merrymed farm” MCHJ, bugun 700 ta ish o‘rnini yaratgan, yillik quvvati 120 million o‘ramga yaqin dori vositalari ishlab chiqarish hajmiga ega bo‘lib, respublikada ishlab chiqarish hajmiga ko‘ra kuchli o‘ntalikka kiruvchi farmatsevtik korxona hisoblanadi.

Viloyatda ishlab chiqarilayotgan dori vositalarining katta qismi “Merrymed farm” hissasiga to‘g‘ri keladi. Korxona sexlarida tabletkalar, kapsulalar, inyeksion va infuzion eritmalar, surtmalar, siroplar, suspenziyalar, kukun ko‘rinishidagi antibiotiklar ishlab chiqarilmoqda.

Yangi ishga tushirilgan bo‘limda yiliga 15 million 600 ming flakon, jami qiymati 30 milliard so‘mga yaqin bo‘lgan glyukoza, natriy xlorid, ringer, metronizadol, siproksin va boshqa dori vositalari ishlab chiqariladi.

Press-tur davomida jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.

Eslatib o‘tamiz, Sayyor qabul doirasidagi uchrashuvlar keyingi manzil - Farg‘ona viloyatida davom etadi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech