O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi xodimlarini ingliz tilida o‘qitish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5117-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida maxsus o‘qitish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.

Albatta Farmatsevtika sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar o‘z ona tilini mukammal bilishlari bilan bir qatorda bir nechta xorijiy tillarni bilishlari va muloqot qila olishlari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan Agentlik xodimlarni ingliz tilini o‘zlashtirish darajasini oshirish maqsadida «Hilol Edu» MCHJ o‘quv markazi bilan hamkorlikda haftada ikki marotaba bo‘lib o‘tadigan maxsus o‘quv kurslari tashkil qilindi.

Mazkur o‘quv kurslariga «Hilol Edu» MCHJ o‘quv markazining malakali o‘qituvchisi Aziza Radjabova jalb qilingan bo‘lib, ingliz tilidagi darslar onlayn va oflayn formatda bo‘lib o‘tmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Prezident qaroriga muvofiq, 2022 yil 1 yanvardan boshlab xorijiy tillardan sertifikatga ega davlat boshqaruv idoralarining barcha bo‘g‘inlari xodimlariga lavozim maoshiga nisbatan qo‘shimcha ustama tashkilotlarning byudjetdan tashqari hamda ish haqi fondi doirasida byudjet mablag‘lari hisobidan to‘lanishi belgilangan.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech