O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida Aksilkorrupsiya haftaligi doirasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida Aksilkorrupsiya haftaligi doirasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi“Aksilkorrupsiya xaftaligi” doirasida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida 2022 yil 6 oktyabrida “Farmagentlikning korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish choralari” mavzusida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi.

Tadbir ishida O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi masʼul xodimi S.Mamanov qatnashdi. Shuningdek, tadbirda Adliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, OAV vakillari, jamoatchilik nazorati vakillari, sohaviy tadbirkorlar hamda boshqa qatnashchilar ishtirok etishdi.

Agentlikda korrupsiyaga qarshi ichki komplayens nazorati tizimi joriy etilishi bilan korrupsiyaga qarshi ichkaridan turib kurashilishi, katta salbiy oqibatlarga olib keluvchi korrutsion holatlarning oldi olinishi taʼminlanmoqda va natijada, “Kasalni davolashdan ko‘ra oldini olgan maʼqul” tamoyili amaliyotga joriy etilmoqda.

Shu munosabat agentligimizda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati yo‘lga qo‘yilishi barobarida:

Birinchidan: Agentlik markaziy apparatida hamda Agentlikning “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK tuzilmalarida bevosita Komplayens xizmati joriy qilingan bo‘lsa, tizimdagi 6 ta tashkilot va muassalarda masʼul shaxslarga korrupsiyaga qarshi kurash tizimini joriy qilish vazifasi yuklatildi.

Ikkinchidan: Agentlik va uning idoraviy mansub tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 17 ta ichki idoraviy xujjatlar ishlab chiqilib, faoliyatga joriy qilindi.

Uchinchidan: Agentlikda ISO 37001:2016 “Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi”, ISO 9001:2015 “Sifat menejmenti tizimi” va ISO 10018:2020 “Sifat menejmenti tizimi. Xodimlarni jalb qilish bo‘yicha rahbarlik ko‘rsatmalari” standartlarini 2022-2023 yillarda joriy qilish maqsadida Agentlikning 6 nafar rahbar va ishchi-xodimlari ISO 37001:2016 standarti bo‘yicha mamlakatimiz (3 nafar) va xorijdagi nufuzli o‘quv markazlarida (3 nafar) malakasini oshirib, maxsus sertifikatlarga ega bo‘ldilar.

To‘rtinchidan: Agentlik tizimida korrupsiyaga qarshi kurash tamoyillari hamda xalqaro standartlar talabiga muvofiq ravishda 2021 yil 1 sentyabrdan agentlik tizimida mavjud barcha bo‘sh (vakant) lavozimlarga malakali mutaxassislarni ochiq tanlov tamoyillari asosida ishga qabul qilish amaliyoti joriy etildi. Natijada, o‘tgan davrda mavjud vakant o‘rinlarni to‘ldirish bo‘yicha shaffof va adolatli tarzda olib borilayotgan ochiq tanlovlarda 1805 nafar (shundan 2021 yilda 877 nafar, 2022 yil 11 oyida 1228 nafar) daʼvogarlar ishtirok etgan holda, ularning 64 nafariga (shundan 2021 yilda 31 nafar, 2022 yil 11 oyida 33 nafar) o‘zlari hohlagan lavozimlarga qabul qilinib, faoliyat yuritish imkoniyati berildi. Agentlikning markaziy apparati va hududiy bo‘linmalari hamda idoraviy mansub tashkilotlarda ishga qabul qilingan jami 64 nafar ishchi-xodimlar nomzodlar tekshiruvidan o‘tkazildi.

Beshinchidan: Agentlik jismoniy va yuridik shaxslarning murojatlarini qabul qiluvchi maxsus “-@stop_corruptionbot” nomli telegram-bot faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Endi Siz sohadagi qonunbuzarlik va korrupsiya holatlariga duch kelsangiz, ushbu “-@stop_corruptionbot” yoki (71) 203-27-77 raqamli “Ishonch telefoni” hamda sohaga dahldor korrupsion holatlar bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri maʼlumot qabul qiluvchi Agentlikning Komplayens xizmatiga biriktirilgan (71) 234-15-58 raqamli telefon orqali bevosita murojaat qilishingiz mumkin.

O‘tgan davrda, yuqoridagi aloqa kanallari va boshqa manbaalar orqali kelib tushgan 179-ta murojaatlar asosida tegishli tartibda xizmat va boshqa tahliliy tekshirishlar o‘tkazilib, shulardan 78-ta tekshiruvlarda aniqlangan salbiy holatlar yuzasidan shakllantirilgan xujjatlar o‘rnatilgan tartibda Huquqni muxofaza qilish organlariga yuborildi, shundan 60 tasi prokuratura va 18 tasi Bojxona organlariga yuborilgan.
1-nafar xodim jinoiy javobgarlikka tortilgan, 6-nafar tizim xodimlariga “xayfsan” intizomiy chorasi ko‘rilgan,

4-ta murojaatlarni o‘rganish natijalari bo‘yicha Farmatsevtika sohasi xizmatlari sifati va nazoratini yana-da kuchaytirish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilanib, amaliyotga joriy qilingan.

Oltinchidan: Agentlikda, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki idoraviy xujjatlar bilan tanishtirish, korrupsion xolatlarning mavjudligi, ularning oldini olish hamda bartaraf qilish hamda boshqaruvga oid korrupsion jinoyatlar mohiyati va ularning oqibatlari masalalari yuzasidan agentlikning 696-nafar ishchi-xodimlari hamda boshqalar (farmatsevtika maxsulotlari ishlab chiqaruvchi, ulgurji va chakana sotuvchilari, jamoatchilik kengashi aʼzolari, OAV, Xuquq muxofaza qilish organlari va aholi vakillari) ishtirokida 12 ta profilaktik tadbir (o‘quv-seminar)lari oflayn+onlayn shakllarida o‘tkazildi. Shuningdek, Joriy yilning 29 sentyabrida Agentlik tomonidan soha tadbirkorlari bilan muloqot tadbirida Agentlikning korrupsiyaga qarshi siyosati taqdimoti o‘tkazildi.

Yettinchidan: O‘tgan davrda Korrupsiyaga qarshi kurash meʼyorlari mavzusida 610 ta ko‘rgazmali-huquqiy targ‘isobot axborot-tarqatma materiallari tayyorlandi va ishchi-xodimlar hamda soha vakillariga tarqatildi, tarqatma materiallar agentlik tizimi maʼmuriy binolarining barcha xizmat va umumfoydalanish xonalari hamda yo‘laklariga joylashtirildi. Shuningdek, Agentlik binosining 1-chi qavatida eʼlonlar doskasi, korrupsiya alomatlari oqibatlari bo‘yicha ishlab chiqilgan videolavhalarni doimiy ravishda ko‘rsatib turuvchi monitor-televizor, 2-3 qavatlarda esa, korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida 6-ta osma stendlar joylashtirildi.

Sakkizinchidan: Agentlikda korrupsiya xavfi yuqori bo‘lgan funksiyalarni baholash va ushbu xavflarni bartaraf qilish yuzasidan izchil ishlar olib borilmoqda. 2022 yilda 6-ta muxim vazifalar hamda 37-ta funksiyalardan kelib chiqib, ularning barchasi majburiy tartibda korrupsiya xavfi bo‘yicha qayta baholandi. Xavf-xatarlarni baholash Agentlikning markaziy apparati va hududiy bo‘linmalari hamda idoraviy mansub tashkilotlari bilan birgalikda uslubiyotga muvofiq to‘liq amalga oshirildi. Hoziri kunda, ushbu vazifa va funksiyalar bo‘yicha qayta baholash va ulardagi korrupsiya xavfini kamaytirish hamda to‘liq bartaraf qilish yuzasidan dastur loyihasi ishlab chiqilmoqda. Agentlikning ushbu yig‘ma dastur loyihasi yil yakunigacha ishlab chiqilib, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga ko‘rib chiqish va kelishish uchun taqdim qilinishi hamda tasdiqlanishi, kelgusida esa, ushbu dasturni to‘liq bajarish amaliyotiga o‘tishlik ko‘zda tutilgan.

O‘tgan davrda, korrupsiya xavfi yuqori bo‘lgan funksiyalar va lavozimlar bo‘yicha xavf-xatalarni kamaytirish yuzasidan dastlabki dastur asosida bir qancha tashkiliy chora-tadbirlar olib borilmoqda.

Jumladan, Dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish va ulgurji hamda chakana realizatsiya qilish faoliyatini litsenziyalashda ekspertlar faoliyatini to‘liq raqamlashtirish, Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasini berish jarayonining elektron hujjat almashinuvi tizimi bo‘yicha maxsus raqamlashtirilgan dastur ishlab chiqilmoqda.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech