O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

2021-yil 7-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi markaziy apparati xodimlari shuningdek mehmon sifatida Toshkent davlat farmatsevtika institutining ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchilari Falsafa fanlari nomzodi Lola Yuldasheva hamda katta o‘qituvchi Yulduz Xusanbayevalar ishtirok etishdi.

Tadbir mehmonlari tomonidan “Konstitutsiya – barqaror taraqqiyot kafolati” mavzusida qilingan maʼruza davomida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining dastlabki va keyingi shakllari, xalqaro tan olinganligi, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi asosida kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar, fuqarolarimiz siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarining mukammallashgani, shuningdek, konstitutsiyasiz mamlakatlarda fuqaro huquqlarini taʼminlash mexanizmlari to‘g‘risida slaydlar orqali batafsil maʼlumotlar berildi.

Qiziqarli o‘tgan tadbirda ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga maʼruzachi aniq fakt va dalillar asosida to‘liq va batafsil javob qaytardi. Tadbir do‘stona va savol-javob ruhida o‘tdi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech